$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

Eng mashaqqatli va xavfli kasblar o‘ntaligi

11:51 / 14.06.2022

Dunyoda shunday kasblar borki, ular hayot qadri haqida o‘ylashga majbur qiladi. Bunday kasblar hayot uchun tahdid soluvchi xavfli kasblardir. “Best top 10” ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagilar eng mashaqqatli va xavfli kasblar hisoblanadi:

  1. Konchilar

Konchi kasbi dunyodagi eng xavfli kasblardan biri hisoblanadi. Kondagi faoliyat yiliga minglab kishilar hayotiga zomin bo‘ladi. Metan portlashi, tog‘ jinslarining ko‘chishi, cheklangan sharoitlar va havoning minimal darajada bo‘lishi, tonnalab tog‘ jinslari ostida ekaningizni his qilish - bularning bari bilan har bir daqiqa oxirgisi bo‘lishi mumkinligi hech gap emas.

  1. Saperlar

Saper yoki portlovchi predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassis ham dunyodagi eng xavfli kasblar ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Bunday odamlar ayniqsa jangovor harakatlar o‘tkaziluvchi joylarda talabgor, yuzlab kishilar hayoti ularning xatti-harakatlariga bog‘liq. "Saper faqat bir marta adashadi, bu kasbda ikkinchi imkon bo‘lmaydi", deb bekorga aytishmaydi.

  1. O‘rmonchilar

Ushbu kasb haqqoniy ravishda dunyoning eng xavfli kasblaridan biri hisoblanadi. O‘rmonchilar bir necha tonnalik daraxtlar qulashidan, ularni saralash jarayonida qo‘llanuvchi uskunalardan ham halok bo‘ladi. Og‘ir mehnat ko‘pincha jiddiy kasalliklarga sabab bo‘ladi va ba'zan nogironlikni keltirib chiqaradi.

  1. Elektrchilar

Statistikaning guvohlik berishicha, 100 ming ishchiga oxir-oqibat o‘lim bilan tugovchi 33 baxsiz hodisa to‘g‘ri kelar ekan, bu esa juda yuqori ko‘rsatkich. Eng qiyin ishlar yuqori voltli elektr o‘tkazgich liniyalari montaji va ta'miri bilan shug‘ullanuvchilar zimmasida, chunki bu xavflardan tashqari, elektrchilar aksariyat holatlarda balandlikda ishlashadi.

  1. Politsiyachilar

Huquqni muhofaza qilish organlari ishchilari, politsiyachilar va harbiy xizmatchilar ko‘pincha boshqalarni qutqarib, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Harbiylar, politsiyachilar, maxsus kuchlar xizmatchilari minglab kishilarning hayotini saqlab qolib, o‘zlarinikini xavf ostiga qo‘yishadi va bu ular uchun qahramonlik emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri burchdir.

  1. Baliqchilar

Ajablanmang! Statistikaga ko‘ra, baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi har 100 ming kishiga 117 o‘lim holati to‘g‘ri kelar ekan. Bu mashg‘ulotda baxtsiz hodisalar – oddiy holat.

  1. Uchuvchilar

Uchuvchilar o‘z salomatligi va hayotini xavf ostiga qo‘yib, samolyot bortidagi yuzlab yo‘lovchilar hayoti uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishadi. Falokat yuz bergan taqdirda omon qolish imkoni minimal bo‘lgani bois uchuvchi kasbi xavfli hisoblanadi.

  1. Burg‘ulovchilar

Ushbu kasb vakillari yuqori haroratda oson yonuvchi moddalar bilan ishlashga majbur. Aynan shuning uchun burg‘ulovchi kasbi dunyodagi eng xavfli kasblar o‘nligidan joy olgan. 

  1. O‘t o‘chiruvchilar

O‘t o‘chiruvchi –  dunyodagi eng xavfli kasblardan biri. Bu kasb vakillari og‘ir jismoniy va ruhiy bosim sharoitlarida ishlashadi, boshqa odamlar hayoti ularga bog‘liq bo‘ladi. O‘t o‘chiruvchilarning aksariyati o‘tkir respirator kasalliklardan aziyat chekadi.

  1. Yuk mashinalari haydovchilari

Bu ish faoliyatida ko‘plab yoqimsiz vaziyatlarga duch keluvchi odamlardir. Ular kunu tun katta masofalarni bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, yuk mashinalari haydovchilari tashilayotgan yuk uchun ham mas'uldirlar. Boz ustiga, YTH xavfi haqida ham unutmaslik kerak.


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyili…
13:45 / 09.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy korteji vaqtida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilarga…
09:49 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!