Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) rasmiy tashrif bilan bordi.
Dubay xalqaro aeroportida Turkiya davlat rahbarini BAA iqtisodiyot vaziri Abdulla Ben tuk Al-Mari, Turkiyaning Abu-Dabidagi elchisi tugay Tunser, Turkiyaning Dubaydagi bosh maslahatchisi Onur Shaylan va boshqa rasmiylar kutib olishdi.
Safarda Turkiya rahbariga tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan, energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, g‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja, sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kajir va savdo vaziri Omer Bolat hamrohlik qilmoqda.
Turkiya prezidenti bugun, 13-fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tadigan “kelajak hukumatlarini shakllantirish” mavzusidagi jahon hukumat sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.
Sammit doirasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an sammitda ishtirok etayotgan mamlakatlardagi hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!