Ertaga, 28-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kunduzgi havo harorati +32…+40 daraja, kechasi esa +17…+23 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Eng issiq ob-havo Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Ushbu hududlarda harorat +40 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘ylab shamol sharqdan 5–12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda kechasi havo harorati +12…+17 daraja, kunduzi esa +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi.
Ma’lumotlar O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi prognoziga asoslangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!