Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida hokim yordamchisi fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlariga sarflagani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Quyi Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Oydinobod” mahallasida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan Sh.G. to‘rt nafar fuqaroning ishonchiga kirgani aniqlangan.
U fuqarolar mazkur mahallada yashamasligiga qaramay, bankka taqdim etilgan tavsiyanomalarda ularni “Oydinobod” mahallasi aholisi sifatida ko‘rsatgan. Shundan so‘ng ularga jami 130,2 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.
Biroq kredit mablag‘lari belgilangan maqsadlar uchun ishlatilmagan. Ular hokim yordamchisining shaxsiy ehtiyojlariga sarflangani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Sh.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!