Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda:
Quva tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs 2020-yilda tuman hokimining qarori asosida, oʻzining qarindoshiga “Yoshlar mehnat guzari” bino-inshootlari qurish uchun ijara huquqi asosida berilgan 15 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Uchkoʻprik tumanida yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan shaxs 2016-yilda oʻzining oʻgʻli nomiga tashkil etilgan bogʻdorchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjalikka tuman hokimining 2019-yildagi qarori bilan sabzavotchilik-bogʻdorchilik yoʻnalishida foydalanish uchun ijara huquqi asosida qoʻshimcha ravishda ajratib berilgan 10 gektar yer maydonini xaridorga 30 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Toshloq tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs tuman hokimining 2017-yildagi qarori bilan oʻz akasiga issiqxona va bogʻdorchilik uchun foydalanishga berilgan 30 sotix yer maydonidan 12 sotixini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 19,2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Rishton tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs davlat zaxirasidagi 12 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!