Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 7-mart kuni Xitoy kompaniyalari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Maxsus transport vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Cheng Li special Automobile” kompaniyasi vitse-prezidenti Pu Vei bilan uchrashuv davomida viloyat hududida bu turdagi transport vositalarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi muhokama qilingan.
Farg‘ona shahrida 5 yulduzli mehmonxona va savdo markazi majmuasini barpo etishni rejalashtirayotgan “Baishan Zhongtian Development” kompaniyasi raisi Vey Xenshan boshchiligidagi investorlar guruhi bilan muloqotda ushbu majmuaning umumiy konsepsiyasi yuzasidan fikr almashilgan.
35 million dollar investitsiya kiritish hisobiga Farg‘onada metallarni qayta ishlash korxonasini barpo etish loyihasini amalga oshirishni ko‘zlayotgan “Aipuri Steel Plate” korporatsiyasi bosh direktori Xan Xufeng bilan uchrashuvda viloyat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan ushbu loyihani tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!