Ijtimoiy tarmoqlarda “Buvayda tumanidagi maktabda o‘qituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majbur qilinmoqda...” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda, tuman hududidagi 37-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan X.N. tomonidan pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklangani – amaldagi tartiblarga zid ravishda navbatchilik qilishlari talab etilgani aniqlandi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025-yil 6-yanvardagi buyrug‘iga asosan 37-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.N. vazifasidan ozod etildi.
Tizim rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan ogohlantirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!