$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Farzandingizni umrbod davolanishni talab qiladigan serebral falaj kasalligidan asrang

11:51 / 07.07.2024

Tahlillarga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha bolalar serebral falajidan aziyat chekayotgan 17 million nafar bemor ro‘yxatga olingan. Ammo ushbu kasallik ko‘pincha kech bosqichda aniqlanishini inobatga olsak, haqiqiy raqamlar yana-da yuqori bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh, bu qanday xastalik? Kelib chiqish omillari va yaqqol alomatlari qaysilar? Xastalikni to‘liq davolasa bo‘ladimi?

Ma’lum bo‘lishicha, bolalar serebral falaji ona homiladorligi chog‘ida chaqaloq bosh miyasi yaxshi rivojlanmay, muddatidan oldin tug‘ilishi yoki jarohat olishi oqibatida kelib chiqadi. Kasallik ruhiy-nutqiy buzilish yoki harakatning izdan chiqishi yoxud har ikki holat barobar kuzatilishi bilan namoyon bo‘ladi. Ya’ni, tug‘uruqdan oldin yoki tug‘uruq jarayonida bolada kislorod tanqisligi yuzaga kelsa, uning miya hujayralari shikastlanishi mumkin.

Qolaversa, xastalikka ona homiladorligi davrida undagi yuqumli va endokrin kasalliklar ham sabab bo‘lishi aniqlangan.

Ba’zan mazkur patologiya simptomlarini chaqaloq dunyoga kelishi bilan payqasa bo‘ladi. Ayrim hollarda esa alomatlar sekin-asta namoyon bo‘ladi. Harakatlanish faolligining buzilishi — eng ko‘p uchraydigan yaqqol belgilar sirasidan.

Oqibatda shunday tashxis qo‘yilgan bolalar o‘tirish, emaklash, aylanish, yurish, boshini ushlash va boshqa harakatlarni nisbatan kech o‘zlashtiradi.

Xastalikka chalingan har uch bolaning birida tomir tortishishi sindromi kuzatiladi. Ushbu alomat, ayniqsa, bola katta bo‘lgani sari tez-tez takrorlanadi.

Shu bilan birga, aql va nutq zaiflashishi holatlari ham qayd etiladi. Tashqi olamga moslasha olmaslik, epilepsiya, ruhiy va emotsional rivojlanishning ortda qolishi, ta’lim olishdagi muammolar, oshqozon-ichak va peshob chiqarishdagi funksional buzilishlar ham bundan mustasno emas.

Shu sababli ota-onalar farzandi to‘rt oylik chog‘ida ovoz kelayotgan tomonga boshini burmasa, o‘yinchoqqa qo‘lini cho‘zmasa, yetti oyligida birovning yordamisiz o‘tira olmasa hamda bir yoshida so‘zlarni umuman ayta olmay, barcha harakatni faqat bitta qo‘lida bajarsa, albatta, nevrolog shifokorga murojaat qilishlari zarur.

Shuningdek, chaqaloqda tomir tortishishi, g‘ilaylik kuzatilishi, xatti-harakati o‘ta keskin yoki juda sekin bo‘lishi, bir yarim yoshdan o‘tib ham tik turolmasligi qo‘shimcha alomatlar hisoblanadi.

Bolalar serebral falajida davolanish umrbod davom etadi. Negaki, xastalikdan butunlay sog‘ayib ketishning iloji yo‘q. Lekin bu yakuniy hukm degani emas.

Aksariyat bemorlar yoshi ulg‘aygani sari normal hayot kechirishi mumkin. Buning uchun erta yoshda, o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.


salomatlik


														
														Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

														
														Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

														
														Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026

														
														Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026

														
														Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

														
														Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026

														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!