Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rospotrebnadzor xabariga ko‘ra, marhum Irkutsk o‘latga qarshi institutida faoliyat yuritgan.
TASS ma’lumotiga ko‘ra, ayolda kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya aniqlangan. Kengaytirilgan tadqiqotlar natijasida undan olingan namunalarda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq mikroorganizmlar topilmagan.
Rospotrebnadzor marhuma bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning hech birida infeksion kasallik bilan bog‘liq salomatlik o‘zgarishlari aniqlanmaganini bildirgan. Institutda patogen mikroorganizmlar bilan ishlash vaqtida avariya holatlari ham qayd etilmagan.
Tekshiruvlar davomida institut xodimlarida COVID-19ning ikki va rinovirus infeksiyasining ikki holati aniqlangan. Boshqa yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari topilmagan.
Avvalroq OAVda Irkutsk viloyatida 27 yoshli ayol vabo yuqtirgani gumon qilinib vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston chegarada nazorat choralarini kuchaytirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!