2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Moskva viloyati bo‘yicha Tergov boshqarmasiga tayanib, “Meduza” xabar berdi.
TASS ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki taxminlarda 30 yoshli ayol aeroport hojatxonasida farzand ko‘rgani va chaqaloqning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hodisaning aniq sabablari tergov davomida aniqlanmoqda.
“Mash”, “Baza” va “112” Telegram-kanallari xabarlariga ko‘ra, ayol Turkiyadan eri va 11 yoshli qizi bilan Rossiyaga uchib kelgan. Aeroportda unda to‘lg‘oq boshlangan va u hojatxonadagi kabinalardan biriga kirgan. Yo‘lovchilar uning yordamga muhtojligini payqab, tibbiyot xodimlarini chaqirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!