Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 15 yoshidan boshlab dugonalari bilan terisini kim ko‘proq qoraytirishi bo‘yicha raqobatlashib, muntazam solyariyga qatnagan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Chelsiga 28 yoshida melanoma tashxisi qo‘yilgan. O‘sha paytga kelib kasallik umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alar, tos va son suyaklari, o‘pka, jigar, taloq hamda ko‘krak qismiga tarqalgan edi. Dastlab shifokorlar kasallikning 3C bosqichini aniqlagan. 30 yoshga to‘lishiga bir necha hafta qolganida esa saraton bosh miyasiga ham tarqalgani ma’lum bo‘lgan va unga 4D bosqich tashxisi qo‘yilgan.
Kasallikning og‘irlashishi ayolning kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. U bir muddat nogironlar aravachasidan foydalanishga majbur bo‘lgan. Chelsi voyaga yetmagan paytida ham solyariy salonlariga borganida undan shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaganini aytgan.
Kasallik aniqlanganidan keyin u solyariy xizmatlaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirgan. Xususan, 18 yoshga to‘lmaganlarning solyariyga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mijozlarning shaxsini tasdiql
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!