Amerikaning Forbes jurnali 2024-yilda tashrif buyurishingiz kerak bo'lgan dunyodagi ajoyib sayyohlik yo'nalishlari haqida maqola chop etdi.
Nashr xabariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi yoʻnalishlar roʻyxatiga kiritilgan. Forbes moliyaviy-iqtisodiy jurnali oʻz oʻquvchilariga Respublika boʻylab sayohat qilishni tavsiya etib, Oʻzbekistonni 2024-yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi joylardan biri sifatida belgilab berdi.
Maqolada dunyoning yetakchi “Lonely Planet” yo‘riqnomasi nashriyoti vitse-prezidenti Tom Xollning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi: “O‘zbekiston Ipak yo‘li davridagi eng yaxshi saqlanib qolgan tarixiy obidalar, ulug‘vor tog‘lar va istiqbolli poytaxt bilan faxrlanadi”.
Shuningdek, maqolada mamlakatimiz hududlari bo‘ylab sayohat qilish uchun qulay va arzon poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani aytiladi. “Amerikalik sayohatchilar uchun Nyu-Yorkdan Oʻzbekistonga haftada bir necha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar mavjud. Shuningdek, Seul va Istanbul orqali tranzitlar sayyohlar uchun qulaylik yaratadi”, — deyiladi maqolada.
2022-yilda Forbes O‘zbekistonni sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta mintaqa ro‘yxatiga kiritgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!