Kanadadagi Sherbruk universiteti olimlari o‘yin-kulgi uchun gadjetdan foydalanadigan maktabgacha yoshdagi bolalar o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilishni o‘rgana olmasligini, bu esa g‘azablanishiga olib kelishi mumkinligini aniqladi, deb yozadi “Sports.kz”.
“JAMA Pediatriya” jurnalida chop etilgan tadqiqotda 315 bolaning ota-onalari iPad, planshet yoki mobil qurilmadan foydalanishlari haqida xabar berishgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning temperamenti xatti-harakatlar anketasi yordamida o‘lchangan.
Mualliflar 3,5 yoshli bolalar tomonidan planshetlardan foydalanish bir yildan keyin g‘azab va umidsizlikning yuqori darajasi bilan bog‘liq degan xulosaga kelishgan. Mualliflarning yozishicha, erta bolalikda planshetlardan foydalanish hissiy tartibga solish bilan bog‘liq muammolarning “sikliga hissa qo‘shishi mumkin”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!