Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–22 daraja, kunduzi 32–34 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha, ayrim hududlarda esa ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 24–29 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 31–36 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.
Muhim ogohlantirish: 30-iyun–3-iyul kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!