30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bahsida Marokash terma jamoasi Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, musobaqaning nimchorak finaliga chiqdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi.
Niderlandiya safida 72-daqiqada Kodi Gakpo hisobni ochgan bo‘lsa, Marokash 90+1-daqiqada Issa Diopning goli evaziga muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida Marokash futbolchilari aniqroq harakat qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan keyin Kodi Gakponing golini nishonlamagani ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining turmush o‘rtog‘i yaqinda homiladorlik davrida farzandini yo‘qotgan. Shu sababli Gakpo gol urganidan so‘ng uni nishonlamaslikka qaror qilgan. Eslatib o‘tamiz, Marokash guruh bosqichini «C» guruhida ikkinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, Niderlandiya «F» guruhida birinchi o‘rinni egallagan edi. Endi Marokash nimchorak finalda Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 4 iyul kuni AQSHning Texas shtati, Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!