Yoshlar uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi Iqtidorli talabalar uchun yangi davlat stipendiyalari joriy etiladi, xalqaro olimpiada g‘oliblari esa katta mukofotlarga ega bo‘ladi.
Endilikda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-bosqich talabalari o‘qishni IT Parkda dual ta’lim asosida davom ettiradi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun «Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida tahsil olayotgan iqtidorli qizlar uchun esa «Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab ushbu stipendiyalar nafaqat davlat, balki xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalariga ham beriladi. Shu bilan birga, kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga berilayotgan 1 milliard so‘m, ularning ustozlariga ajratiladigan 200 million so‘mlik rag‘batlantirish endi sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!