Qonunchilik palatasi majlisida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Giyohvandlik vositalarini Internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshirish, bunday vositalarni tarqatish va reklama qilishning yangi usullaridan foydalanish keskin ortmoqda. Shunday usullardan biri “narkograffiti” usuli bo‘lib, bunda noqonuniy tashkil etilgan internet-do‘kon manzili haqida ma’lumot devor va yo‘laklarga chizish orqali tarqatilmoqda. Shuningdek, ularni iste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga yoshlarni, ayniqsa voyaga yetmaganlarni jalb qilish ham ko‘payib bormoqda.
Qonun loyihasi bilan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!