$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Ichkilikbozlik sabab har 10 soniyada bir inson hayotdan ko‘z yumadi

11:06 / 15.05.2022

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ichkilikbozlikning halokatli oqibatlariga doir hisobotini e’lon qildi

Unga ko‘ra, ushbu xavfli illat tufayli dunyoda har yili 3 million kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Bu har 10 soniyada bir kishi ichkilikbozlik qurboniga aylanayotganidan dalolat beradi.

Qayd etilishicha, jahonda sodir bo‘layotgan bevaqt o‘limlarning taxminan 5 foizi spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish natijasida kelib chiqmoqda. Eng achinarlisi, ana shu ayanchli qismat egalarining qariyb 14 foizini 20-39 yosh oralig‘idagi insonlar tashkil etadi. 

Tadqiqotlarga ko‘ra, spirtli ichimliklarning zararli ta’siri o‘smirlar va yoshlar hayotiga yanada ko‘proq xavf solmoqda. Bundan tashqari, sayyoramizning turli nuqtalarida xotin-qizlar ham bu illatga mukkasidan ketayotgani achinarlidir.

To‘g‘ri, hozir dunyo bo‘yicha alkogol iste’molining to‘rtdan uch qismi erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ammo kelgusida bu statistika o‘zgarib, unda ayollarning ulushi oshib ketishi mumkinligi tahmin qilinmoqda. 

Buning sababi nimada?

JSST mazkur holatni qator mamlakatlarda alkogol mahsulotlari reklamasi va marketingiga zo‘r berilayotgani bilan izohladi. Hammasidan ham internetda onlayn e’lonlar tobora keng o‘rin olayotgani xavotirlidir. 

O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, spirtli ichimliklarga moyilligi yuqori kishilar ularning jozibador reklamasi bilan to‘qnash kelganda, kamdan-kam hollardagina nafsini jilovlay olishadi. 

Shu bois JSST hukumatlar va sog‘liqni saqlash tuzilmalarini ogohlikka chaqirib, alkogol mahsulotlari reklamasi bozorini tartibga solishga chaqirdi. 

“Spirtli ichimliklar yoshlarning nafaqat sog‘ligi, hayoti va oilasiga, balki butun jamiyatga tahdid solmoqda. Shunga qaramay, ularning savdosi va reklamasi ustidan o‘rnatilgan nazorat boshqa psixotrop moddalarga nisbatan ancha zaif. Bu borada samaraliroq chora-tadbirlarni amalga oshirish, sohani tartibga solish orqali qanchadan-qancha yoshlar hayotini saqlab qolishga erishishimiz mumkin”, – deydi tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus.

Qayd etish mumkin, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mamlakatimizda har qanday quvvatdagi spirtli ichimliklar reklamasi taqiqlangan.


salomatlik


														
														Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

														
														Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025

														
														Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yur…
16:30 / 15.01.2025

														
														“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobot berdi. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasa…
12:56 / 30.11.2024

														
														Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024

														
														JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik…
10:42 / 20.11.2024

														
														Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Charlz Stert universiteti olimlari saraton bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi va uning natijalari JAMA Network Open jurnalida cho…
11:57 / 08.11.2024

														
														Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Euronews nashrining yozishicha, Kanadadagi Makgill universiteti, AQShdagi Berkli Kaliforniya universiteti va Janubiy Kalifor…
11:30 / 06.11.2024

														
														Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Pokiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha antirekordni yangiladi.
10:13 / 04.11.2024

														
														Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.
14:30 / 03.11.2024

Bu ham qiziq

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekst…
11:57 / 28.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025
30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!