$
11857.35 UZS
-33.83
139.32 UZS
-2.51
13746.23 UZS
-7.11
31° Kechasi 18°

Ikkita hududda jami 470 kg. isteʼmolga yaroqsiz mol goʻshtini muomalaga kiritmoqchi boʻlganlar aniqlandi

09:31 / 11.03.2023

2023-yilning 4-mart kuni soat taxminan ertalabki 07:50 larda Navoiy shahrida joylashgan “Markaziy dehqon bozori”ga Navoiy viloyati Navoiy shahrida fuqaro Z.U. bozor hududiga kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan, tegishli veterinariya hujjatlariga ega boʻlmagan, tashqi koʻrinishidan qizargan jami ogʻirligi 220 kg. boʻlgan yirik shoxli mol goʻshti mahsulotini sotish maqsadida olib kelgan.

Shu vaqtda Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan shubha uygʻotganligi uchun belgilangan tartibda tekshirilib, tegishli hujjatlari boʻlmaganligi hamda kelib chiqishi nomaʼlum boʻlganligi uchun xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilib olib kelingan goʻsht mahsulotlarning sifatiga aniqlik kiritish (isteʼmolga yaroqlilik darajasi) maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga qarashli Tashxis markaziga (laboratoriya) olib borilgan.

Viloyat laboratoriyasining joriy yil 7-mart kunidagi xulosasiga koʻra jami ogʻirligi 220 kg. boʻlgan yirik shoxli mol goʻshti insonlar isteʼmoli uchun yaroqsiz deb topilgan.

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.U. boshqaruvidagi “DAMAS” rusumli avtotransport vositasida isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 250 kg. mol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Bu ham qiziq

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filialida 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
10:00 / 16.08.2026
19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:19 / 18.08.2026
Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ayollarning Ukraina Qurolli Kuchlariga safarbar qilinishi, hatto jarohatsiz ham ayollar uchun ko‘p sonli jarohatlar va sog‘l…
17:31 / 15.08.2026
O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik qoidabuzarliklar aniqla…
15:09 / 17.08.2026
2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona yetarli bo‘ladi

2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona yetarli bo‘ladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov UzReport kanaliga bergan intervyusida 2030-yilgacha
10:04 / 17.08.2026
Bugundan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlari boshlandi

Bugundan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlari boshlandi

Bugun, 15-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyaviy quduq…
17:20 / 15.08.2026
Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Mamlakatimizda an’anaga aylangan ushbu muloqot tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni bevosita o‘rganish, ularg…
14:41 / 15.08.2026
Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga sarmoyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollar…
11:31 / 18.08.2026
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
09:46 / 17.08.2026
Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

AQShprezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarn…
10:21 / 17.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!