Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni Milliy statistika qömitasida ötkazilgan matbuot anjumanida aholini röyxatga oliş natijalari asosida ma’lum qilindi.
Statistik ma’lumotlarga köra, mamlakatda 3 million 271,1 ming kişi yoki aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Örta maxsus va professional ma’lumotlilar 9 million 737,2 ming nafarni (35,8 foiz), umumiy örta ma’lumotlilar esa 11 million 626,5 ming nafarni (42,8 foiz) taşkil etgan.
Röyxatga oliş natijalariga köra, Özbekistonda 7 yoş va undan katta 9 million 615,9 ming kişi ta’lim taşkilotlarida tahsil olmoqda. Ularning 4 million 950,7 ming nafari (51,5 foiz) erkaklar, 4 million 665,2 ming nafari (48,5 foiz) ayollardir.
Oliy ta’lim taşkilotlarida tahsil olayotganlar soni 1 million 725,9 ming nafarni taşkil etadi. Ularning 49 foizi ayollardan iborat.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş 15-yanvardan 28-fevralgaça ötkazilgan. Uning yakunlariga köra, mamlakat aholisi 39 million 47 ming 321 nafarni taşkil etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!