Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçiq ma’lumotlar platformasi işga tuşirildi. Bu haqda 13-noyabr kuni Milliy statistika qömitasida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qömita tomonidan yaratilgan narx.stat.uz platformasida iste’mol narxlari indeksi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va yonilğining hududlar hamda tumanlar kesimidagi haftalik örtaça narxlari, uy-joy bozori narxlari indeksi va sanoat işlab çiqaruvçilari narxlari haqidagi ma’lumotlar joylaştirilgan.
Şuningdek, foydalanuvçilar platformada inflyatsiya va iste’mol xarajatlari kalkulyatorlaridan foydalanişi, statistik ma’lumotlarni CSV va JSON formatlarida yuklab olişi mumkin. Ma’lumotlarni API orqali ham röyxatdan ötmasdan oliş imkoniyati yaratilgan.
Eslatib ötamiz, 2026-yil aprel oyida Markaziy bank tomonidan ham narxtahlil.uz narxlar monitoringi platformasi işga tuşirilgan edi. Unda 30 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining haftalik örtaça narxlari va inflyatsiya körsatkiçlarini kuzatiş mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!