Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun 50–60 metr uzunlikdagi osma piyodalar köprigi quriladi. Köprik bir oy içida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq öquvçilarning maktabga boriş uçun soy keçayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgan edi. Şundan söng viloyat va tuman mas’ullari vaziyatni örganib, muammoni hal etiş çoralarini köra boşlagan.
Ma’lum qilinişiça, yoğingarçilik mavsumida soy suvi kötarilişi sababli öquvçilarning maktabga qatnovi qiyinlaşadi. Bunday kunlarda bolalarning xavfsizligini ta’minlaş uçun öqituvçilar va ota-onalar navbatçilik qilib kelgan.
Dehqonobod tumani obodonlaştiriş boşqarmasi bölim boşliği Javohir Jabborov köprik bir oy içida qurib bitkazilişini bildirgan. Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning “Millar”ga ma’lum qilişiça, osma piyodalar köprigi qurilişi yaqin kunlarda boşlanadi.
Hozirda hududda öquvçilar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan köprik qurilişi rejalaştirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!