BCS World of Investments tahlilchisi Denis Buivolov amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask nima uchun Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish niyatida ekanini izohladi. Bu haqda ekspert “Prime” agentligiga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgan.
Buivolov Twitter taqdirini Maskning qo‘lida bashorat qilgan va tadbirkor ijtimoiy tarmoqning barcha aksiyalarini sotib olib, uni ommaviy bo‘lmasligini taxmin qilgan.
“Maskning narx taklifi yakuniy. Agar kompaniya taklifni qabul qilishga rozi bo‘lmasa, u kompaniya aksiyadori sifatidagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qiladi”, deydi ekspert.
Tahlilchi Maskning Twitter’ni sotib olish harakatini aksiyalar uchun ijobiy tendensiya deb atadi, bu bozor oldidan savdolarda 12 foizga oshgan. Bitim amalga oshirilishi uchun u kompaniyaning direktorlar kengashi va uning aksiyadorlari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Biroq, ular tadbirkorning taklifini rad etishi mumkin. Bu vaziyatda Ilon Mask rejalarini qayta ko‘rib chiqishi va kompaniyadagi ulushini sotishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 14-aprel kuni tadbirkor Twitter’ni “eng yaxshi va yakuniy” taklifda ulushini 54,20 dollarga qaytarib sotib olish g‘oyasi bilan chiqdi. Potensial bitim 43 milliard dollarga baholangan.
Qayd etish joiz, 9-aprel kuni Mask Twitter’ning 9,2 foiz aksiyasini 2,89 milliard dollarga sotib olganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng kompaniya aksiyalarini 26 foizga oshib, har bir aksiya uchun 49,25 dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!