Iqlimshunoslarning ogohlantirishicha, 2024-yilda global harorat jadvaldan chiqib, misli ko‘rilmagan issiqlik to‘lqinlarini keltirib chiqarishi mumkin. Issiqlik yaqin oylarda Tinch okeanida paydo bo‘lishi bashorat qilinayotgan El-Ninyo fenomeni bilan bog‘liq bo‘ladi.
El-Ninyo - Tinch okeanining ekvatorial qismida yer usti suvlari haroratining o‘zgarishidir. Bu butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havoni kuchaytiradi.
Hozirda sayyoramizdagi global harorat oldingi darajadan 1,2 darajaga yuqori. Shuningdek, o‘sish allaqachon halokatli oqibatlarga olib keldi. AQSh, Yevropadagi issiqlik to‘lqinlari hamda Pokiston va Nigeriyada suv toshqinlari sodir bo‘ldi.
Olimlar 2024-yilda o‘rtacha harorat birinchi marta sanoatdan oldingi darajadan 1,5 darajadan oshib ketishini taxmin qilishdi. El-Ninyoning ta’siri hozirgi iqlim o‘zgarishi jarayonlariga qo‘shiladi va ularni sezilarli darajada kuchaytiradi.
“Bizning taxminimizcha, 2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin. El-Ninyoning kichik tarqalishi ham rekord global haroratga yetishi uchun yetarli bo‘lishi kerak”, — dedi Kolumbiya universiteti professori Jeyms Xansen.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!