$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Ishga mukkasidan ketish salomatlik uchun xavfli ekanligini bilasizmi?

11:47 / 30.09.2022

Zamonaviy inson kuniga 9 soatlab ham, 12 soatlab ishlayverishi mumkin. Chunki qayerda bo‘lmang, internet sizni ta’qib qiladi: mijozlar bilan nimalarnidir kelishish yoki muhokama qilish uchun soatning necha bo‘lgani sizga farqi yo‘q! Daromad ketidan quvib, shu ishni hozir bitirib olay, deb kuniga 10-12 soatlab ishlayotganingizni sezmaydiganlar ehhe, qancha? Ayrimlar esa hatto tushlikka sarflanuvchi vaqtni qizg‘anib, tushligini ish o‘rnida, kompyuter qarshisida yeydi. Mehnat ta’tili haqida-ku gap bo‘lishi mumkin emas! Bunday xodim ta’til neligini bilmaydi ham.

U yaxshi oylik olish va rahbariga yaxshi xodim bo‘lib ko‘rinish uchun kun-u tun ishlashni zimmasiga olgan. Biroq aslida bunday xatti-harakatlaringiz sizni “yaxshi” xodimga emas, “zaif” xodimga aylantiradi. Zaif va kuchsiz odam qanday qilib biznesini muvaffaqiyatli boshqara olsin? Uning kundan-kunga kuchi ham, hafsalasi ham so‘nib boraveradi. Hammasiga uning me’yordan ortiq mehnatkashligi, me’yordan ortiq ishlashi aybdor! Quyidagi suhbatimiz mana shu mavzuda bo‘ladi. Har narsada, xususan, mehnat qilishda ham me’yor bo‘lgani yaxshi, degan fikrdamiz...

Bir boshidan boshlaymiz...
Psixologlar mana bir necha o‘n yillardan beri me’yordan ortiq mehnatsevarlik negativ ma’no-mazmunga ega hissiyot ekanligi bo‘yicha tortishib kelmoqda. Mehnatsevarlikning asosi “mehnat” bo‘lgani bilan 1970-yillarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari o‘ta mehnatsevar insonda xuddi giyohvand va alkogollikda bor bo‘lgan xatti-harakat – buzuvchi effektga ega harakatlarni hech narsaga qaramasdan bajarish hissi ustunlik qilishini isbotlagan. Bu uchala misolda ham buzuvchi effekt bitta – organizmga zarar keltirishdan iborat.

Me’yordan ortiq ishlash juda kamdan-kam uchrovchi ruhiy buzilish hisoblanadi. Ruhiyatning bu buzilishi ketidan ko‘pgina ijobiy yutuqlarni keltirishi sabab biz bunga jiddiy e’tibor bermaymiz. Aynan shuning uchun ham psixolog Brayan Robinson bunday buzilishni “kishi ruhiy salomatligining eng chiroyli muammosi”, deb atagan. Tadqiqotlarda belgilangan dam olishdan foydalanmay ishlaganlarning ishida samaradorlik darajasi pasayib borishi aniqlangan. Ish o‘rnini yo‘qotishdan qo‘rqib mehnat ta’tiliga chiqmaydiganlar ham oramizda afsuski, yo‘q emas. Qolaversa, ta’til, hordiq insonga yilda bir marta emas, har kuni kerak ekanligini bilasizmi? Ayniqsa, uzoq va mashaqqatli davom etgan ish kunidan keyin...

Olimlar ishlash vaqtida ham dam olib turish kerakligini olg‘a surishadi. Ya’ni, mehnat kuni 52 daqiqa ish va 17 daqiqa tanaffuz qilishdan iborat bo‘lmog‘i zarur. Shunda bosh miya ishlashga yaroqsiz holatga kelmaydi. Shuningdek, tushlikni ish stolining o‘zida qilish ham noto‘g‘ri. Tushlik vaqti bosh miyaga dam berishning eng ideal vaqtidir. Tushlik vaqtida qayergadir borish jismoniy faollik ham sanaladi. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashlaricha, tushlikni ish o‘rnining o‘zida qiluvchilarda semirishga moyillik bunday yo‘l tutmaydiganlarga qaraganda yuqori ekan. Qolaversa, hamkasblar bilan bir yerda, keng davrada ovqatlanish o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga yordam beradi.


 Yana o‘sha zararlar...

Bundan tashqari, me’yordan ortiq ishlash ta’sirida organizmda stress va charchoq surunkali tarzda yig‘ilib boradi. Bunday odamning diqqat qilish darajasi ham sezilarli pasayadi. Diqqat-e’tiborsiz bajarilgan ish qanday qilib kutilgan natijani berishi mumkin?
Kun-u tun ishlayman, ko‘p pul topaman, deb insoniy munosabatlardan ham uzoqlashib ketganingizni bilmay qolasiz. Ish bilan band odam oila a’zolariga, do‘stlariga ham vaqt ajrata olmaydi. Psixologiya amaliyotida juftliklardan birining me’yordan ortiq ishlashi ko‘pincha ajralish bilan nihoyalanishi ko‘p kuzatilgan.

Ko‘p ishlash hattoki sevimli ishingizga ham qiziqishni so‘ndirishi mumkin. 40 soatlik mehnat haftasi ishchanlik qobiliyatini saqlab qolishning eng optimal ko‘rinishidir. Dam olishsiz ter to‘kib ishlash uyqusizlikka, yurak-qon tomir kasalliklari, depressiya, qon aylanishining buzilishi va erta qarishga sababchi bo‘ladi. Shu sabab professional majburiyatlar va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qilish kerak. Mehnatsevarlik ijobiy insoniy sifat deb qabul qilinishini istasangiz mehnatga bo‘lgan layoqatingizni ehtiyotlashni o‘rganing. Tan sihati va ruhiy xotirjamliksiz buni amalga oshira olmaysiz.

 

 

 


Foydali


														
														Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Tadqiqotchilar ushbu usul 120-yilgacha umr ko‘rishni ta’minlovchi muhim omilga aylanishi mumkin, deyishmoqda.
10:26 / 03.04.2024

														
														Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Buning uchun kunlik menyuda teriga foydali bo‘lgan oziq-ovqat va vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
13:35 / 27.03.2024

														
														Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
15:40 / 25.03.2024

														
														JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti.
14:44 / 25.03.2024

														
														Uzoq umr ko‘rish shartlari

Uzoq umr ko‘rish shartlari

Ekspert fikricha, uzoq va sog‘lom hayotga yetaklovchi yana bir muhim omil to‘g‘ri ovqatlanish.
10:01 / 20.03.2024

														
														Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Terini yoshartiruvchi tavsiyalar
11:20 / 19.03.2024

														
														Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Tadqiqot muallifi Ley Sining ta’kidlashicha, bu tibbiyotda amaliy foydalanish uchun mos bo‘lgan dunyodagi birinchi fotoakust…
15:55 / 18.03.2024

														
														Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Bayram tuhfasi sifatida filmlarning kinoteatrlardagi namoyishi 18-24-mart kunlari o‘tkaziladi.
16:24 / 17.03.2024

														
														BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD 2 ming km masofani bosib o‘tish imkonini beruvchi gibrid avtomobillarini ishlab chiqmoqchi.
14:04 / 15.03.2024

														
														Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Surrogat onani topishning ikkinchi varianti - reproduktiv tibbiyot klinikalari.
15:13 / 03.03.2024

Bu ham qiziq

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

U Rafah shahridagi uylardan biriga zarba berish chog‘ida halok bo‘lgan.
17:35 / 25.04.2024
25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Rahbariyat bu ta’tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir.
09:15 / 25.04.2024
Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!