Xabaringiz bor, Falastin futbol assotsiatsiyasi 2024-yilning may oyida Isroilni diskvalifikatsiya qilish taklifini kiritgan edi. FIFA esa bu masalani o‘z kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rib chiqishga va’da bergani haqida ma’lum qilgan edik.
ESPN nashrining xabar berishicha, FIFA bu masalani 2024-yilning 31-avgustigacha kechiktirishga qaror qilgan va shu tariqa isroillik futbolchilarga Parijdagi Olimpiadada qatnashish imkonini taqdim etgan.
Ma’lumot uchun, Isroilga qarshi shikoyatni Falastindan tashqari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning bahorida FIFA Rossiya terma jamoasini, shuningdek, Rossiyaning barcha klublarini ushbu tashkilot nazoratidagi barcha musobaqalardan chetlashtirishga qaror qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!