2024-yil 26-oktyabr kuni soat 09:30 larda Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Buyuk ipak yo‘li” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu voqea 1986-yilda tug‘ilgan E.Q. boshqaruvidagi “Faw” rusumli avtomashina hamda 1993-yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi “Howo A7” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga esa texnik shikast yetgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!