$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

Kattalar ham multfilm ko‘rishlari va ertak kitoblar o‘qishlari kerakligining 7 sababi

10:13 / 23.01.2022

Bolalar kitoblarini katta yoshdagilar ham o‘qishlari kerakligini butun dunyo psixologlari va pedagoglari e'tirof etishadi. Insonlar har kuni uchraydigan ma'lumotlar oqimi psixikaga salbiy ta'sir qiladi va depressiyaga ham olib kelishi mumkin. Bolalar kitoblari va multfilmlari hayotga biroz yengillik olib kirib, quvonchga to‘ldirishi, kundalik hayotdan chalg‘itishi mumkin. Mana yana bir qancha sabablar, kattalar nega bolalar adabiyotini o‘qishlari va multfilmlar ko‘rishlari kerakligi haqida.

1. Tasavvurni yaxshilaydi

Kitob o‘qish tasavvurni yaxshilashini hamma biladi. Lekin aynan bolalar adabiyoti insonni noreal olamga olib kira oladi. O‘zgacha personajlar va ularning sarguzashtlari, fantastik olami nafaqat kayfiyatga ijobiy ta'sir o‘tkazadi, balki miyada yangi suratlar paydo bo‘lishida ham yordam beradi.

Rang-barang multfilmlar ham ekrandagi personajlar bilan hamohang bo‘lib ketishingiz yordamida tasavvurni boyishiga yordam beradi.

2. O‘zgarishlarga ilhomlantiradi

Bolalar adabiyotini o‘qish hayotingizda yaxshi tomonga o‘zgarishlar qilishingizga ilhom beradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bolalar adabiyoti insonlarda nafaqat ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantiradi, balki o‘zimizning axloqiy me'yorlarimizni shakllantirishda ham yordam beradi.

Multfilmlar esa, bosh qahramon yordamida sizni hayotingizda ijobiy o‘zgarishlar qilishingiz, qiyin vaziyatlarga ortga chekinmaslik va hayotni yangi sarguzashtlarga to‘ldirish kerakligini o‘rgatadi.

3. Oddiy ammo unutilayotgan qadriyatlarni eslatadi

Yaqinlarga muhabbat, haqiqiy do‘stlik, tabiatni asrash, o‘zaro yordam va ishonch, mo‘jizaga ishonish - asosan bolalar kitoblari va multfilmlari ushbu motivlar bilan to‘ldirilgan. Mualliflar kundalik hayotimizda uchraydigan muammolarni oddiy mavzular orqali yetkazib berishadi. U adabiyotlarni o‘qigan/ko‘rgan holda bizni baxtli qiladigan oddiy kundalik qadriyatlarni eslashimizni ta'minlashadi.

4. Yoqimli xotiralarni yodga soladi

Bolalikdagi sevimli kitobimizni o‘qib yoki multfilm ko‘rib, bolalikdagi yoqimli xotiralar ta'siriga tushamiz. Va agar bolalikda ularni biz shunchaki ko‘ngilochish uchun ko‘rgan bo‘lsak, ulg‘aygan holda ko‘rganimizda esa, undagi chuqur ma'noni tushunishimiz mumkin.

Masalan, "Kichkina shaxzoda" asarini tanqidchilar har xil yosh kategoriyalarida qayta o‘qib chiqish kerakligini ta'kidlashadi. Hayotimiz davomida yig‘ilib borgan tajriba asar qahramonlarini tushunish va ochilmagan qirralarini ochishimizda yordam beradi.

5. Farzandingiz bilan yaqinlashish imkonini beradi

Farzandingiz bilan birga multfilm ko‘rishingiz yoki kitob o‘qib berishingiz nafaqat vaqtingizni quvnoq o‘tkazish, balki u bilan yaqinlashish imkonini ham beradi. Shuningdek, bu farzandingizni bilib olishingiz, tushunishingiz va u atrofidagi olamni qanday qabul qilishini o‘rganishingizning eng yaxshi usulidir.

6. Oddiy so‘zlar bilan qiyin narsalarni tushuntiradi

Multfilm va ertaklardagi qahramonlar juda jiddiy mavzularni ko‘tarishadi va uni oddiy so‘zlar bilan tushuntirishadi. Qahramonlarning fe'l-atvori va ishtiyoqi faqat bolalar uchun emas, kattalar uchun ham namuna bo‘la oladi.

7. Chet tillarini o‘rganish imkoni

Bolalar adabiyotida asosan oson, grammatik qiyin bo‘lmagan so‘zlar ishlatiladi. Chet el multfilmlarini ko‘rish va adabiyoti bilan tanishish chet tillarini o‘rganishingizda yaxshi ko‘makchi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, pedagoglar bolalarga kichik yoshlaridan chet tilidagi multfilmlarni qo‘yib berishni tavsiya qilishadi. Bu ular chet tillarini intuitiv tarzda o‘rganishlari va keyinchalik ushbu tilni o‘zlashtirishida qiyinchiliklarga uchramasligini ta'minlaydi.


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!