Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Mazkur qonunning maqsadi:
– O‘zbekiston Respublikasi kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;
– Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilash;
– Milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag‘batlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish: davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operatsion tizim va dasturiy ta’minotlar yaratish va boshqalardan iborat.
Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilanmoqda.
Ma’lumot uchun, kiberxavfsizlik – axborot xavfsizligi bo‘lib, u shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holatini anglatadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!