$
11825.40 UZS
-5.47
₽
140.34 UZS
1.07
€
13483.32 UZS
32.8
31° Kechasi 18°

“Kimga aza, kimga to‘y” – ip kalava eksportiga qo‘yilayotgan cheklov haqida qisqacha tahlil

23:06 / 10.11.2021

Avvalroq joriy yilning noyabridan boshlab ip kalava eksportiga vaqtinchalik qo‘shimcha to‘lov amaliyoti joriy etilishi haqida ma’lum qilingan edi.

Ip kalava eksportiga qo‘shimcha cheklovlarni joriy qilish haqida o‘ylash, bu tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilarni subsidiyalashga teng. Ammo subsidiyani davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, ammo ip kalava ishlab chiqaruvchilarning cho‘ntagidan bermoqda. Ya’ni agar ip kalava eksportiga qandaydir to‘siq qo‘yilsa, buning natijasida ichki bozorda narx pasayadi hamda bu tendensiya  ip kalava ishlab chiqaruvchilarning potensial foydasi pasayshiga olib keladi. Ichki bozordagi narxning pasayishi esa tabiiyki, kiyim ishlab chiqaruvchilarga foyda. Ya’ni bu jarayon, davlat ip kalava ishlab chiqaruvchilarning cho‘ntagidagi potensial foydasini olib kiyim ishlab chiqaruvchilarning cho‘ntagiga solib qo‘yishiga  teng.  

Keling, ip kalava eksporti bo‘yicha hamkor davlarlardan biridagi vaziyatni ham o‘rganib ko‘ramiz. 

Joriy yilning 9 oyi davomida ip kalava eksporti hajmi  464 ming tonnani tashkil etgan hamda eksport qiymati 1,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan (barcha tovarlar  eksportining 11,6 foiziga teng). O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda ip kalava eksporti hajmi 41 foizga  yoki 135 ming tonnaga oshgan.  Bundan kelib chiqadiki, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport narxida 30 foiz o‘sish kuzatilgan.

Asosiy eksport davlatlari orasida Turkiyaga ip kalava eksporti Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan hamda jami ip kalava eksportining  taxminan 24 foizi aynan mana shu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.  Hozirgi kunda Turkiyaga to‘qimachilik tovarlaridan asosan ip kalava eksporti amalga oshiriladi. Masalan, joriy yilda bu davlatga eksport qiymati 282 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan hamda eksportning deyarli to‘liq qismi ip kalava hissasiga to‘g‘ri keladi (joriy yil 9 oy davomida Turkiyaga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 270 mln dollarni tashkil etgan). O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda bu davlatga ip kalava  eksportining qiymati 80 foizdan ko‘proqqa oshgan. 

Tashqi savdo haqida gapirganda real valyuta kursi o‘zgarishining tashqi savdoga ta’sirini e’tiborga olmaslik mumkin emas. Ya’ni valyuta kursining o‘zgarishi tashqi savdoga kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Masalan, mamalakat valyutasi qadrini yo‘qotayotgan bo‘lsa, bu holat mamlakatning eksport tovarlarini chet elda arzonroq, chet el tovarlarini esa ichki bozorda qimmatroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Ya’ni milliy valyuta kursining pasayishi amalda eksportga stimul beradi (milliy valyuta kursining oshishi esa importga stimul beradi). 

Turkiyada joriy yilda liraning nominal kursi sentyabr oyigacha 20 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, oxirgi oyda esa yana 10 foizlik qadrsizlanishga uchradi. Real valyuta kursi esa sentyabr oyigacha taxminan 7,4 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, oktyabr oyiga kelib bu ko‘rsatkich taxminan 11 foizni tashkil etgan. So‘mning real kursi esa joriy yilning to‘qqiz oyida taxminan 2,3 foizga qadrsizlangan (nominal qadrsizlanish taxminan 2,8 foiz), oxirgi oyda esa bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan (valyuta kurslarining o‘zgarishida boshlang‘ich va oxirgi davrni taqqoslaganim uchun biroz xatolik bo‘lishi mumkin).

Ko‘rib turganingizdek, liraning qadrsizlanishi so‘mga nisbatan ancha yuqori shakllangan, oxirgi oyda esa bu ko‘rsatkich yanada ortgan. Ya’ni yil boshiga nisbatan Turkiya bozorlarida bizning mahsulotlar qimmatlashib bormoqda. Boshqacha aytganda, so‘mning qadri o‘zgarmagan holatda, agar liraning dollarga nisbatan qadri 1 foizga pasaysa, unda bu Turkiya bozoriga o‘zbek tovarlarining 1 foiz qimmatroq kirib borishiga olib keladi. Ya’ni o‘zbek mahsulotlarining Turkiya bozorlarida raqobatbardoshligi pasayib boradi.

Agar ip kalava narxining o‘zgarishi bilan turk lirasining qadri o‘zgarishini taqqoslasak, ko‘rishimiz mumkinki, liraning qadrsizlanishi ip kalava narxining oshishidan ancha past darajada shakllangan. Shu sababli liraning qadrsizlanishi amalda o‘zbek eksporterlariga katta ta’sir o‘tkazmagan. Ammo oxirgi oyda lira kursida yana keskin pasayish kuzatildi, ya’ni narxning o‘zgarishi hamda kurs o‘zgarishi orasidagi farq yanada qisqargan. Noyabr oyida esa ip kalava eksportiga qo‘shimcha cheklovlar o‘rnatilishi amalda ip kalava eksportida yirik bozorlarimizdan birida raqobatbardoshlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin hamda bu holat o‘sha davlatga eksportning kamayishiga ham olib kelishi mumkin. 

Albatta, bu borada qo‘yilishi rejalashtirilayotgan cheklovning darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Agar qo‘yilishi rejalashtirilayotgan cheklov hamda turk lirasining qadrsizlanishi birgalikda  ip kalava narxning o‘zgarishidan yuqoriroq bo‘lsa, unda ba’zi eksporterlar turk bozorini tark etishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu esa ushbu davlatga eksport hajmining kamayishiga yoki hech bo‘lmaganda joriy yilda kuzatilayotgan yuqori suratlar bilan o‘sish tempining to‘xtashiga sabab bo‘lishi mumkin (cheklovlar kichikroq bo‘lgan taqdirda ham bu ip kalava ishlab chiqaruvchilarning rag‘batlariga ta’sir qilmasdan qolmaydi hamda kelajakda o‘zi bilan yomon oqibatlar olib kelishi mumkin).

 

Mirkomil Xolboyev, Jeonbuk national university magistranti

Jeonju, Janubiy Korea


Bu ham qiziq

Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX zobitlariga nisbatan 4,1 yildan 10,6 yilgacha b…
11:14 / 25.09.2026
Ish joyidagi baxtsiz hodisalarda majburiy maxsus tekshiruv

Ish joyidagi baxtsiz hodisalarda majburiy maxsus tekshiruv

Yangi nizomga muvofiq, ish joyida baxtsiz hodisa yuz berganda ish beruvchi zudlik bilan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yorda…
15:37 / 24.09.2026
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026
Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026
Qibrayda qariyb 95 kilogramm “gashish” savdosiga chek qo‘yildi

Qibrayda qariyb 95 kilogramm “gashish” savdosiga chek qo‘yildi

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazi…
11:12 / 25.09.2026
O‘zbekiston — ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston — ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:44 / 27.09.2026
Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘z…
17:10 / 25.09.2026
Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

24-sentabr kuni Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Harbiy-dengiz kuchlarining Kaspiy dengizidagi mashg‘uloti vaqtida ob-havoning k…
12:07 / 25.09.2026
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi.
09:33 / 25.09.2026
Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili bo…
14:26 / 26.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!