“Navoiy” chegara bojxona postida yo‘lovchilardan birining yuklari tekshirilganda sumkasi ichidan yo‘lbarssimon bo‘g‘ma ilon aniqlanib, uni mamlakat hududiga noqonuniy olib kirishga urinish holatiga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ilon turi xalqaro muhofaza ostida bo‘lib, uni O‘zbekistonga olib kirish uchun maxsus CITES ruxsatnomasi talab etiladi. Biroq yo‘lovchi tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan.Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Jonivor belgilangan tartibda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, uning holati qoniqarli ekani ma’lum qilingan.Yo‘lbarssimon bo‘g‘ma ilon zaharsiz bo‘lsa-da, kuchli mushaklari yordamida o‘ljasini siqib ovlaydigan yirik sudralib yuruvchilar turiga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!