Saida Mirziyoyeva: Bugun O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan “Adolat fasli” spektaklini tomosha qildim.
Amir Temur hayotining muhim bir davriga bag‘ishlangan ushbu sahna asari tarixiy voqealarni teran badiiy talqin etishi, inson, hokimiyat va adolat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib berishi bilan alohida taassurot qoldirdi.
Spektaklda Sohibqiron obrazi buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida emas, balki yuksak mas’uliyat, qat’iy iroda va insoniy fazilatlar sohibi sifatida ham yorqin gavdalantirilgan. Bosh rolni O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev mahorat bilan ijro etgan. Ustoz san’atkorni yaqinda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani hamda muborak 80 yillik yubileyi bilan samimiy tabriklayman.
“Adolat fasli” nafaqat tarixiy spektakl, balki bugungi kun tomoshabinini ham o‘ylantiradigan, adolat, mas’uliyat va Vatanga xizmat qilish kabi qadriyatlar haqida mushohada yuritishga undaydigan asardir.
Spektakl milliy teatr san’atimizning yuksak salohiyati va sahna ortida mehnat qilayotgan fidoyi ijodkorlarimizning ulkan hissasini yana bir bor namoyon etdi. Bunday asarlar tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlodni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!