$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Krishtianu Ronalduning “toychoq”lari

21:58 / 17.05.2022

“Manchester Yunayted” yetakchisi Krishtianu Ronaldu yil davomida bir necha yuz million dollar ishlab topishi haqida eshitgansiz. Uning qanday avtomobil boshqarishi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Portugaliyalik futbolchining kolleksiyasida 11,5 mln. dollarlik “Bugatti Centodieci” (dunyoda atigi o‘nta ishlab chiqarilgan) va 2,71 mln. dollarlik “Bugatti Chiron” kabi “toychoqlar” bor.

2021 yil oxirida “Netflix” kompaniyasi Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodrigesga bag‘ishlangan yangi film suratga oldi. Unda portugaliyalik futbolchining 25 mln. dollarlik superkarlar bilan to‘lgan “garaj”i namoyish etilgan (“Daily Mail”). 

“Manchester Yunayted” yulduzi yuqori baholi avtomobillarning ashaddiy ishqibozi va “Men Jorjinaman” filmining Madriddagi 7 mln. dollarlik uyida suratga olingan kadrlarda ko‘plab superkarlar, jumladan, 2,71 mln. dollarlik “Bugatti Chiron” namoyish etilgan.

Ammo bu UEFA Chempionlar ligasi to‘purarining (140 gol) besh karra g‘olibining eng qimmat mashinasi emas: uning kolleksiyasida 11,5 mln. dollarlik “Bugatti Centodieci” ham bor. Taxminlarga ko‘ra, Bugatti’ning bunday modeli dunyoda atigi o‘nta odamda bor, ular orasida “Yunayted” hujumchisi ham bor ekani uning avtomobil ishqibozi ekanini tasdiqlaydi. Ushbu superkar dvigatelining quvvati 1600 ot kuchiga teng, u 380 km/soat tezlikka erisha oladi.

Ronaldu bir necha yil muqaddam Bugatti uning sevimli avtomobil ishlab chiqaruvchisi ekanligini tan olgan. Biroq, qahramonimizning garajida qiymati 676 ming dollardan ziyod bo‘lgan “Ferrari 599 GTO”, “McLaren Senna” (1 mln. 14 ming dollar), shuningdek, “Rolls-Royce”ning ikkita nusxasi bor: “Cullinan” (405 ming dollar) va “Phantom Drophead” (676 ming dollar).

Shuningdek, futbolchida 2 mln. dollarlik “Bugatti Veyron”, 270 ming dollarlik “Mercedes-Benz S65 AMG”, yorqin to‘q sariq rangli “McLaren MP4-12C” (qiymati 270 ming dollar) va “Lamborghini Aventador” (365 ming dollar) ham bor.

KriRo o‘tgan yil yozda Manchesterga qaytib kelgach, 338 ming yevroga “Bentley Flying Spur” avtomobilini sotib oldi.

Krishtianu Ronalduning umumiy miqdori 24,62 mln. dollar bo‘lgan butun boshli “floti” bilan tanishing:

“Bugatti Centodieci” – 11,50 mln. dollar;
“Bugatti Chiron” – 2,71 mln. dollar;
“Bugatti Veyron” – 2,3 mln. dollar;
“Ferrari Monza” – 1,89 mln. dollar;
“McLaren Senna” – 1,35 mln. dollar;
“Mercedes G-Wagon Brabus” – 812 000 dollar;
“Ferrari 599 GTO” – 676 000 dollar;
“Rolls-Royce Phantom Drophead” – 676 000 dollar;
“Ferrari F12 TDF” – 473 000 dollar;
“Rolls-Royce Cullinan” – 446 000 dollar;
“Lamborghini Aventador” – 352 000 dollar;
“Bentley Flying Spur” – 338 000 dollar;
“McLaren MP4-12C” – 365 000 dollar;
“Mercedes-Benz S65 AMG” – 270 000 dollar;
“Bentley Continental GT” – 204 000 dollar;
“Mercedes AMG GLE 63” – 171 000 dollar;
“Range Rover Sport” – 135 000 dollar;
“Chevrolet Camaro” – 47 000 dollar.

Qayd etish mumkin, Ronalduning umumiy boyligi 2020 yilda 1 mlrd. dollarga yetgan.


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!