$
12939.93 UZS
24.03
162.03 UZS
-0.41
14725.64 UZS
67.39
25° Kechasi 16°

Kun tarixi: 8-fevral – Dmitriy Mendeleyev tavallud topgan kun

14:11 / 08.02.2022

1834-yilning 8 fevral kuni rus kimyogar olimi va pedagog Dmitriy Ivanovich Mendeleyev dunyoga kelgan. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf etilishi – Mendeleyevning buyuk xizmatidir.

Olimning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishing.

1. Mendeleyevning 16 ta aka-opasi boʻlgan. U oiladagi eng kenja farzand edi.

2. Olim pedagogika institutida oʻqiyotgan vaqtlari koʻrsatkichlari yaxshi boʻlmagani uchun kursdan qoldirilgan.

3. Mendeleyev hayotining 30 yilini Sankt-Peterburg universitetidagi pedagogik faoliyat uchun bagʻishlagan. Taʼlim vaziri soʻz erkinligini talab qilgan talabalar petitsiyasini qabul qilishdan bosh tortganda, norozilik ramzi sifatida universitetni tark etgan.

4. Olim ikki marta oila qurgan, uning 6 nafar farzandi boʻlgan.

5. Mendeleyev haqidagi koʻpchilik ishongan afsona – olim kimyoviy elementlar davriy jadvalini tushida koʻrgani haqidagi gaplar rost emas. Bunday mish-mishlar olimning hayotlik vaqtlaridayoq paydo boʻlgan va uni eshitgan Mendeleyev qattiq ranjigan. 20 yillik mehnati sarf etilgan jadvalni shunchaki tushda koʻrib tayyor holatga keltirgani haqidagi mish-mishlardan xafa boʻlgan.

6. Olim musiqaga befarq emasdi. Betxoven uning eng sevimli bastakori boʻlgan.

7. Kimyogar davriy jadvalni tuzishda oʻsha vaqtlarda kashf etib ulgurilmagan elementlarning ham hisobini olib, jadvalda yangi elementlar uchun boʻsh joy qoldirib ketgan.

8. Mendeleyev qoʻl mehnatini juda yaxshi koʻrardi. U boʻsh vaqtida jomadonlar yasash bilan shugʻullangan. Keksaygan vaqtida koʻzlari koʻrmay qolgan boʻlishiga qaramasdan, sevimli mashgʻulotini tashlab qoʻymagan.

9. Olim ikki marta Nobel mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan, ammo nufuzli mukofotni qoʻlga kiritolmagan. Bunga uning aka-uka Nobellar bilan ixtilofga borgani sabab boʻlgani taxmin qilinadi.

10. Mendeleyev 1887-yilda bir oʻzi havo sharida oʻlchov olish uchun 3 kilometr balandlikka koʻtarilgan. Parvoz 3 soat davom etgan.

11. Mendeleyevga tegishli ilmiy ishlarning atigi 10 foizi kimyo faniga oid.

12. Mendeleyevning qizi taniqli rus shoiri Aleksandr Blokka turmushga chiqqan.

13. Olim 1885-yilda dvigatellar va germetik kabinaga ega havo shari loyihasini taqdim etgan, u atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqa olishi aytilgan. Ammo, ushbu loyiha amalga oshirilmasdan qolib ketgan.

14. 1955-yilda kashf qilingan kimyoviy elementga Mendeleyev sharafiga mendeleviy deb nom berilgan.

15. Mendeleyevning sharofati bilan Rossiyada ayollar oliy maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻlishgan deyish mumkin. U ayol tinglovchilar uchun dars oʻtgan ilk maʼruzachilardan biri boʻlgan.

16. Olim butun umri davomida 431 ta ilmiy ishini eʼlon qilgan.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Bilol Erkinov bir ovozdan O‘zbekiston professional boks federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
18:30 / 27.05.2025
Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

Joriy yilning 25 may kuni Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 64-xalqaro g…
19:33 / 26.05.2025
O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025
Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan uchta ayol Ummondan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli ekstraditsiya qilindi…
21:18 / 27.05.2025
O‘zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi bahslar uchun qaydnomasi ma’lum  (foto)

O‘zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi bahslar uchun qaydnomasi ma’lum (foto)

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston saralashning 3-bosqichda “A” guruhidan o‘rin olgan holda 8-turdan keyin 17 ochko bilan ikkinchi …
14:51 / 26.05.2025
O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod s…
20:47 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi d…
18:31 / 26.05.2025
Namanganda 19 yashar yigit tiriklayin yonib ketdi

Namanganda 19 yashar yigit tiriklayin yonib ketdi

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda mashina va uning haydovchisi tiriklayin …
10:37 / 27.05.2025
Rossiya O‘zbekistonga qurg‘oqchilikka qarshi kurashda yordam beradi

Rossiya O‘zbekistonga qurg‘oqchilikka qarshi kurashda yordam beradi

Rossiya O‘zbekistonga suv resurslari balansini hisoblashda yordam beradi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
19:57 / 26.05.2025
Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari …
08:58 / 27.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!