$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Kunchiqar mamlakat tomon sayohat

10:42 / 30.03.2023

Ushbu mamlakatning boshqa davlatlardan farqli jihati qanday ekanligini parvoz uchun samolyotga chiqqan vaqtingizning o‘zidayoq sezasiz. Bu yerdagi hayot shunchalar sokinki, hech qachon nazorat ostidan chiqmaydi.

Yaponiya 7000 ta oroldan iborat bo‘lgan Yapon arxipelagida joylashgan, uning eng yirik 4 oroli - Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku sanaladi. Yaponiyada nam harorat va dengiz muhiti hukmron. Xokkaydo oroli esa bundan mustasnodir. Bu yerning qishlari sovuq, yozi esa issiq bo‘ladi. Yaponiya landshafti asosan tog‘li hududlardan iborat. Bu yerdagi o‘rmonlar mamlakatning 60 foiz hududini qoplab olgan. Yaponiya seysmik faol zonada joylashgan bo‘lib, o‘lkada zilzilalar tinimsiz ravishda sodir bo‘ladi. Mamlakat hududida 200 ta vulqon joylashgan, ulardan 40 tasi esa faol harakatda. Bu yerdagi yana bir tabiiy xavf Tinch okeanidan hosil bo‘ladigan tayfunlardir. Yaponiya hudud jihatidan unchalik ham katta emas, ammo aholi zichligi juda yuqori. Bu yerdagi har 1 kvadrat kilometr hududga 336 tadan odam to‘g‘ri keladi.

Yaponlarning aksariyat qismi shaharlarda hayot kechiradilar. Bu yerdagi yirik shaharlar yetakchisi Tokio bo‘lib, u mamlakat poytaxti va Yaponiyaning eng yirik shahri hamdir. Tokioda zamonaviy hayot ana’analar bilan uyg‘unlashgan, hududda o‘smono‘par binolardan tortib, milliy va qadimiy ibodatxonalarni ham ko‘rish mumkin. Tokio shahar chekkasidagi hududlar bilan qo‘shib hisoblangada dunyodagi eng katta aglomeratsiya hisoblanadi. Bu yerda 37 million nafar inson yashaydi.

Yokogama

Yaponiyaning yirik port shahri. Uning mashhur timsollaridan biri esa “Land more tower” binosi sanaladi. Ushbu ishnoot balandligi 296 metrga teng. Minatomiray tumani esa shaharning futuristik ko‘rinishini ochib beradi.

Osaka

Mamlakatning yirik port shahri, ish va biznes markazi. U o‘zining zamonaviy arxitekturasi, tungi hayot tarzi va ajoyib ko‘cha taomlari bilan dong taratgan.

Sapparo

Shimoliy orol Xokkaydoning poytaxti sanaladi. U hududdagi chang‘i kurortlari, ichimliklar va dam olish maskanlari ila dong taratgan. Bu yerda har yili qor festivali bo‘lib o‘tadi. Unga dunyoning turli burchaklaridan 2 millionga yaqin inson tashrif buyuradi.

Yaponiyada jamoat transporti juda tez va samarali ishlaydi. Shu jumladan tramvaylar liniyasi ham. Shaharlar esa poyezdlar, dengiz hamda aviatransportlar bilan bog‘langan. Ish kunlarida odamlar jamoat transportlari yoki velosipedlar yordamida harakatlanishni afzal biladilar. Chunki ishxonaga qadar shaxsiy mashinada yetib olish juda qiyin. Oqibatda shaharda katta tirbandliklar hosil bo‘lmaydi. Bu yerda temiryo‘l xizmati juda yaxshi rivojlangan. Zamonaviy Yaponiyaning timsollaridan biri esa tezyurar poyezdlar hisoblanadi. Ulardan eng tezkori Sinkansen bo‘lib, uning maksimal tezligi soatiga 320 kilometrni tashkil qiladi. Bundan tashqari Yaponiyada magnit yostiqli tezyurar poyezdlar tizimi ham ishlab chiqilmoqda. U 2015 yilda sinov maydonlarida mutloq rekord o‘rnatgancha soatiga 603 kilometr tezlik bilan harakat qilishga erishgan.

Bu yerdagi jamoat transortlarida mobil telefon orqali gaplashish ta’qiqlangan. Bu atrofdagilarga halal berish bilan teng sanaladi. Mamlakat yo‘llari juda ham tekis, tushunarli belgilar va yozuvlarga ega, ularning barchasi ingliz tilida ham keltirib o‘tilgan. Mashinalar yo‘llarda chap tomonda harakat qilishadi.

Magistrallardagi tezlik chegarasi soatiga 100 kilometr. Tan olish kerakki, sportkardagi poyga uchun kamroq ko‘rsatkich. Yaponiya yer osti tunnellarining uzunligi bo‘yicha Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Ularning uzunligi 4000 kilometrni tashkil qiladi. Yaponiyada odamlarning mashinalar bilan ta’minlanganlik darajasi juda yuqori. Bundan tashqari o‘lka avtomobilsozlik sohasida dunyoda Xitoy va AQShdan keyingi 3 o‘rinni egallaydi. U “Honda”, “Nissan”, “Suzuki”, “Mazda” kabi avtobrendlar vatani hamdir.

Yaponiyada “Key-kar” deya ataluvchi yengil avtomobillar kategoriyasi ham bor. Ular sariq rang va belgilar bilan ajratib qo‘yiladi. Aslida ularni tashqi ko‘rinishiga qarab ham osongina ajratib olish mumkin. Sababi bu turdagi mashinalarning barchasi kichkina, biroq yoqimli dizaynga ega bo‘ladi. Ularning haydovchilariga esa sug‘urta soliqlari uchun imtiyozlar beriladi. Bu yerda benzin ham, mashina turargohlari ham juda qimmat.

O‘lkada sport juda yaxshi rivojlangan. Yaponlar o‘zlarining karate va sumo jangi sport turlari bilang juda faxrlanishadi. Zamonaviy yaponlar esa beysbol, futbol, golf, avtopoygalar ishqibozi. Sunduk yo‘llarida “Formula-1” bo‘yicha avtopoygalarning chempionat bosqichlari tez-tez o‘tkazib turiladi.

Iqtisodiyot

Yaponiya YaIM darajasi bo‘yicha dunyoda AQSh va Xitoydan keyini uchinchi o‘rinda. Bu yerda energiya zahiralari ham yetarlicha. Uning asosiy qismi horijga eksport qilinadi. Yaponiyada yuqori texnologiyalar, texnika va elektronika, shuningdek avtomobilsozlik, kemasozlik va qishloq xo‘jaligi haddan tashqari rivojlangan. Yaponiya “Canon”, “Panasonic”, “Sony”, “Nikon” kabi elektronika brendlarining vatani hamdir.

Bu yerdagi ishsizlik darajasining pastligi dunyodagi yetakchi o‘rinda, 2016-natijalariga ko‘ra aholining atigi 3 foizigina ishsizdir. O‘rtacha oylik maoshi esa 2600 dollarni tashkil qiladi.

Yaponlar juda mehnatsevar bo‘ladilar. Ular yil davomida 10 kungina ta’til olishlari mumkin. Bu yerdagi aksariyat odamlarning bosh maqsadi mamlakati yoki firmasining rivojlanishi uchun hissa qo‘shish sanaladi.

Ular kun kech bo‘lsa-da ishda qolib ketishlari, dam olish kunlari ham ishga chiqishlari, ta’til olmay ishlashlari mumkin. Yapon tilida Karoshi degan atama allaqachon paydo bo‘lgan. Bu ishdagi charchoqdan o‘sha yerning o‘zidayoq o‘lish degan ma’noni anglatadi.

Balki Yaponiyaning har bir burchagida zamonaviylik hukmron deb o‘ylarsiz? Yo‘q, aslida aksariyat ishbilarmonlar hamon shaxsiy usullarda ish ko‘radilar. Katta yoshli rahbariyat vakillari esa hech narsani o‘zgartirmagan holatda eski usullar bilan ish qilishni afzal biladilar.

Turarjoy

Yaponiyada uylar juda ham qimmat. Misol uchun, Tokioda 1 kvadrat metrli joy narxi 4,5 mingdan 8 dollargacha baholanadi. Shu sababli yirik shaharlarda bir xonali uylar haddan tashqari ko‘p. Unda kattaligi 10 kvadrat metr keladigan bitta xona va 5 kvadrat metrli oshxona bor bo‘ladi, holos.

Ammo bu yerdagi uylarning o‘rtacha maydoni yomon emas. Ular aksariyat holatlarda 95 kvadrat metrga teng bo‘lishi mumkin.
Taqqoslash uchun aytish mumkinki, bu ko‘rsatkich Britaniyada 76, Rossiyada esa 60 kvadrat metrga teng.

O‘lkadagi turarjoylar qimmatligiga qaramasdan bu yerdagi davlat ipotekalari har qanday kishining havasini keltiradi. U yiliga 1,5 foizni tashkil qiladi. Qishda yapon kvartiralari juda sovuq bo‘ladi, sababi bu yerda markaziy isitish tizimi mavjud emas. Uydagi issiq suv esa qimmat imkoniyatlardan biridir. Shu sababli odamlar ko‘p holatlarda vannadagi suvni kir yuvish uchun qaytadan ishlatishadi.

O‘lkada kapsula mehmonxonalari juda ko‘p, bu tejamkor mehmonxona turi bo‘lib, ularning mijozlari yaponlarning o‘zlaridir. Aksariyat holatlarda ular erkak kishilar bo‘lishadi. Yapon erkaklari ishdan keyin mast holatda bo‘lsa yoki shunchaki yolg‘iz qolib dam olishni istasa shu kabi mehmonxonalarda tunab qolishadi.

Mamlakat mehmonlari bu yerda horij tili o‘ta ommabop emasligini unutmasliklari kerak. Sababi aholining 98 foizi yaponlardir.

Horijlik odamlar bu yerga o‘rganishga anchagina qiynaladilar. Sababi, doim e’tibor markazida bo‘lishga tayyor turishingiz kerak. Mamlakatda 20 yil yashasangiz ham taom yeyish tayoqchalarini ishlata olishingiz uchun sizni maqtab qo‘yaveradilar. Yaponiyada an’analarning saqlanib qolishini nimadan deb o‘ylaysiz? Avvalo, u geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan uzoqda joylashgan. Ikkinchidan Yaponiyadagi migratsion siyosat juda ham qattiq. Masalan, 2014 yilda bu yerdan siyosiy boshpana so‘rab 5000 nafar inson murojaat qilgan bo‘lsa, ularning atigi 16 tasigina mamlakat fuqarosi sifatida qabul qilingan.

Bu yerda yaxshi ish topishga erishgan taqdiringizda ham, hech qachon yaponlar jamiyatining bir qismiga aylana olmaysiz. Sababi yaponlar uchun horijliklar butun umr muhojir bo‘lib qolaveradilar.

Tashqi ko‘rinish jihatidan yaponlarga o‘xshab ketadigan koreyaliklar va xitoylar ham bundan istisno emaslar.

Ta’lim

Yaponiyada ta’lim tizimi pulli va shu bilan birga yetarlicha qimmatdir. Raqobat darajasi kuchli, biror narsaga erishish uchun ko‘p shug‘ullanish va barchadan yaxshiroq ekanligingizni isbotlashingiz kerak. Bolalar kichik yoshdanoq ota-onalari va o‘qituvchilar tomonidan atrofda raqobatchilar ko‘p ekanligi va ulardan o‘zib ketish kerakligi haqidagi gaplarni eshitib ulg‘ayishadi.

Xizmat ko‘rsatish

Yaponiyadagi xizmat ko‘rsatish sifati har bir insonga xush yoqadi, yaponlar tabiatan juda muloyim bo‘ladilar. Do‘kon, restoran, sartaroshxona, xullas har bir yerda sizga xushmuomalalik bilan muomala qilishadi.
Sababi yaponlarda xizmat ko‘rsatish tushunchasi birinchi navbatda mijozga bo‘lgan hurmatni bildiradi.

Moda

Yaponiya modasini odatda yorqin ranglar, ko‘zga tashlanuvchi buyumlar va shu kabi narsalar bilan tasavvur qilishadi. Bu haqiqatan ham mavjud bo‘lgan tushuncha.
Ko‘k rangli sochlar va devonavor liboslarni haqiqatan ham yaponlarning egnida ko‘rish mumkin. Ammo, bu uslub submadaniyat vakillarigagina tegishli, xolos. Aksariyat yaponlar esa klassik uslubdagi liboslarda yurishni afzal bilishadi. Tibbiy niqob bu yerda allaqachon moda aksessuariga aylanib bo‘lgan. Uni qish paytida kasal bo‘lmaslik, bahorda allergiya, yozda esa changdan himoyalanish uchun taqib yuradilar.

Bundan tashqari, Yaponiya dunyoda o‘zining ahmoqona teleshoulari bilan ham mashhur. Ba’zan ularning chegaradan chiqib ketishi ham rost.

Barchaga mashhur bo‘lgan yapon animelari komikslarning o‘ziga xos turidir va yaponlarning yashash tarzini aks ettiradi. Aytishlaricha, ular orqali yapon odamlarini yaxshiroq tushunish mumkin ekan. Sababi butun mamlakat odamlari anime ishqibozi.

Ular karaokeda qo‘shiq aytish borasida ham faoldirlar. Karaokening o‘zi ham aynan Yaponiyada o‘ylab topilgan.
Yaponiyada taomlarga ham katta diqqat qaratishadi. Bu yerda ozroq pul evaziga ham mazali, to‘yimli hamda foydali yeguliklar harid qilishingiz mumkin.

Yaponlarning aksariyat taomlari o‘ta foydali bo‘lib, kam kaloriyali ekanligi bilan ajralib turadi. Asosiy masalliqlar sifatida esa dengiz mahsulotlari, guruch hamda soyadan foydalanadilar.

Sake qanchalar mashhur bo‘lmasin yaponlarning sevimli ichimligi u emas, pivo sanaladi.

Yaponlar odamlarni uylariga deyarli taklif qilishmaydi. Do‘stlar davrasida suhbat qurish yoki ish masalalari har doim restoranda hal qilinadi.

Yaponiyada choy-chaqa qoldirish odati mavjud emas. Ularni sizdan olmaydilar ham. Ammo aksariyat binolarda chekuvchi insonlar uchun alohida hududlar belgilanmagan. Faqatgina Yaponiyada antiqa ta’mlar uyg‘unligini uchratish mumkin. Misol uchun krevetka, pomidor, hattoki piton ta’mli muzqaymoq, vasabi ta’mini beradigan Kit-kat, bodringli Pepsi shular jumlasidan.

Odamlar

Yaponiya umr davomiyligi bo‘yicha dunyodagi eng katta ko‘rsatkichga ega. U 83,7 yoshni takshil qiladi. Yaponlar hamma narsada tartib va qoidani yaxshi ko‘rishadi, chiqindi kerakli joyga tashlanmasa yoki mashina noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘shnilar darhol politsiya chaqirishlari mumkin.
Yaponiya xavfsizlik darajasi bo‘yicha ham dunyodagi kuchli mamlakatlar beshligiga kiritilgan. Bu yerda ko‘cha jinoyatlari deyarli yo‘q. Yevropa qoidalariga ko‘ra, mahalliy yigitlar qizlarga nisbatan iltifotsizdek ko‘rinadilar. Ular ayol kishiga eshik ochib berishmaydi, yordamga qo‘l uzatishmaydi yoki transportda joy bo‘shatib berishmaydi.
Xushomadga ham uquvli emaslar. Agar qiz bola bilan yaxshi tanish bo‘lmasa unga deyarli gapirmaydilar ham. Bu yapon madaniyati bilan bog‘liq odat.

Bu o‘lkaning odamlari doim kamtar bo‘lib qolishadi va o‘z his-tuyg‘ularini boshqalarga ko‘rsatishmaydi. Buni ularga bolalikdan o‘rgatib keladilar. Eng muhim qoidalardan yana biri esa boshqalarga halal bermaslikdir.
Yaponiyada ko‘p holatlarda yigitlarga nisbatan qizlar o‘z tuyg‘ularini birinchi bo‘lib oshkor qilishadi.

Yaponlar doim kulib yuradilar. Bu etiketning zaruriy talablaridan biri. Ular tabassum orqali qiyinchiliklar va omadsizliklardan ham ustun ekanliklarini bildirishga harakat qiladilar.

Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy Yaponiya - kontrastlar o‘lkasi, u yerda texnologiya innovatsiyalari ham, sharq madaniyati va falsafasi ham bor.

 


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!