$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Kuniga qancha vaqt piyoda yurish kerak?

14:03 / 01.04.2024

Piyoda yurish — jismoniy mashqlar orasidagi eng oson va qulay turi. Yurish salomatlik uchun foydali bo‘libgina qolmay, insonning ruhiy holatiga ham ijobiy ta’sir etadi.

Xo‘sh, piyoda yurishning nafi haqida mutaxassislar qanday tibbiy tavsiyalar beradi?
– Odam o‘zini yaxshi his qilishi va tashqi ko‘rinishining ko‘rkam bo‘lishida piyoda yurishning ahamiyati katta, – deydi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova. – Sababi yayov yurganda insonning barcha muskullari harakatga kelib, tanada moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

Ayniqsa, erta tongda piyoda yurish salomatlik uchun juda foydali. Chunki bu vaqtda havo toza bo‘ladi, kishi kechasi uxlab, dam olgani sababidan charchamasdan 30-40 daqiqa bemalol yayov kezishi mumkin.

Qolaversa, kechki payt ishdan chiqqach, imkon bo‘lsa, yo‘lning bir qismini piyoda bosib o‘tish, ruhiyatga tetiklik baxsh etib, kishini tinchlantiradi va charchoqni oladi.
Shuningdek:
Umr davomiyligini uzaytiradi. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har kuni bir yoki undan ortiq kilometr masofani piyoda bosib o‘tishga odatlanganlar bunday mashg‘ulotni xush ko‘rmaydiganlarga nisbatan 7-yilgacha ko‘proq umr ko‘rar ekan. Shuningdek, muntazam piyoda yurish yoshlikni uzaytiradi.

Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Yuqori qon bosimi, qand miqdorining balandligi, ortiqcha vazn, asabiylik, turli kasalliklarga tez chalinuvchanlik, bosh og‘rig‘i, tez charchash... Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin va bularning barchasiga muntazam piyoda berish orqali yaxshigina zarba berish mumkin.

Mablag‘ni tejaydi. Bugun yurtimizda sport zallari va fitnes klublari ko‘p. Ammo ularga qatnash uchun mablag‘ kerak. Bundan tashqari, velotrenajyor sotib olib, uyda shug‘ullanish uchun ham pul zarur. Shunchaki piyoda yurish esa yo‘l-yo‘lakay ishlarni bitirish bilan birga, sizni ana shunday xarajatlar, eng muhimi, qimmat tibbiy muolajalardan xalos etadi.

Uyquni yaxshilaydi, stressdan himoyalaydi. Asrimizning quloch yozayotgan muammolari qatorida stress va uyqu buzilishi alohida o‘rin tutadi. Ularning har ikkisi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Muntazam piyoda yurish aqliy tetiklik bilan birga, jismoniy charchoqqa olib keladi. Bu esa o‘z navbatida asabni tinchlantirib, tiniqib uxlashga yordam beradi.

Suyaklarni mustahkamlaydi. Qator suyak kasalliklari borki, ularda piyoda yurish nafaqat befoyda, balki zararli va xavfli hamdir. Yangi jarohatlar, artritning faol bosqichlari shular jumlasidan. Ammo mutlaq ko‘pchilik uchun piyoda yurish suyaklarni mustahkamlashdek muhim yutuqni keltiradi. Tayanch-harakat tizimining sog‘lomligi esa organizmdagi juda ko‘p muammolarning oldini oladi.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. Ochiq havoda, istirohat bog‘larida, keng dalalarda sayr qilayotgan inson istasa-istamasa, uzoqlarga tikiladi, turli manzaralarni tomosha qiladi. Piyoda yurish ortidan qon aylanishi yaxshilanishi ko‘zga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Kasalliklarning oldini oladi. Me’yorida, ma’lum bir masofaga piyoda yurishning nojo‘ya ta’siri yo‘q, aksincha salomatlik uchun foydali jihatlari talaygina. Xususan, yayov kezish semizlik, yurak-qon tomir xastaliklari, shamollash, qandli diabet kabi kasalliklar va turli zararli odatlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!