$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Margarin sog‘lig‘imizga qanday zarar yetkazadi?

13:59 / 03.04.2022

Sariyog‘ yuzlab yillar davomida mavjud bo‘lsa-da, margarin yangi ixtirodir. Fransiya imperatori Napoleon III qurolli kuchlar va quyi sinflar tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qoniqarli sariyog‘ muqobilini tayyorlay oladigan har bir kishiga mukofot taklif qilgan. 1869-yilda fransuz kimyogari Hippolyte Mège-Mouriès mol go‘shti, sut va margarik kislotani birlashtirib, sariyog‘ o‘rnini bosuvchi vositani yaratgan va uni oleomargarin deb nomlagan. 

Sigir sutidan olinadigan sariyog‘ bir oz sarg‘ish rang, margarin esa oq rangga ega bo‘lib, dastlab margarin cho‘chqa yog‘iga o‘xshab ko‘ringanligi sababli, ko‘pchilikka ishtahasiz tuyilgan. Taxminan 1880-yillarning oxirlarida ishlab chiqaruvchilar sotishni yaxshilash uchun margarinni sariq rangga bo‘yashni boshlaganlar. 

Xo‘sh, bugungi kunda deyarli barcha pishiriqlarni tayyorlashda foydalaniladigan margarin inson sog‘lig‘ining kushandasi desak, ishongan bo‘larmidingiz? Oziq-ovqat mutaxassislarining fikriga ko‘ra, har yili minglab odamlar trans yog‘larini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish natijasida bevaqt nobud bo‘lishadi.

Garvard tibbiyotining 2018-yilda o‘tkazilgan tadqiqotiga ko‘ra, margarin iste’mol qilish ayollarda bir xil miqdordagi sariyog‘ni iste’mol qilishdan ko‘ra, yurak xastaliklarini 53% ga oshirishi mumkin.
Trans yog‘lar margarinning ko‘p turlarida mavjud bo‘lib, ular ko‘p yillar davomida yurak xurujining asosiy sababi deb hisoblangan to‘yingan yog‘larga qaraganda, xavfliroq yoki undan ham xavflidir.

Xavotirli yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir oz ko‘p trans yog‘larini iste’mol qilish yurak xuruji yoki diabet va hatto saraton kasalligiga chalinish ehtimolini besh baravarga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, ona suti sifatini va insulin reaksiyasini pasaytiradi. 


Non yoki fabrikada ishlab chiqarilgan pishiriqlarda va ko‘pincha uy sanoatida pishirilgan mahsulotlarda ishlatiladigan qattiq margarin pechenyelar, pirog, pirojniy, kruassanlar va boshqa pishiriqlarni sog‘liq uchun jiddiy xavfga aylantiradi. Chunki ba’zi margarinlar sariyog‘da 3 foizga nisbatan 15 foizgacha trans yog‘larni o‘z ichiga olishi mumkin.


Umumiy ko‘rsatma: margarin qanchalik qattiq bo‘lsa, unda ko‘proq trans yog‘lari mavjud.

Margarin oziq-ovqatning ta’mi va tuzilishini yaxshilaydi va uni uzoq vaqt davomida yangiday saqlaydi. Shuning uchun trans yog‘lar pishirish va qovurish uchun “ideal” deb hisoblanadi. Biroq ko‘zimizga ishtahaochar bo‘lib ko‘ringan pishiriqlar tarkibidagi margarin sabab sog‘lig‘imizga putur yetkazishi mumkin. Shu sababli, trans yog‘larni oziq-ovqatda umuman ishlatmaslik lozim.
Ma’lumotlar nazdingizda juda bo‘rttirilgan ko‘rinyaptimi? Unda ushbu eksperimentni albatta sinab ko‘ring: 

Margarinli idishni oching va uni soyali joyda ochiq qoldiring. Bir necha kun ichida siz bir nechta narsani sezasiz: hech qanday ozuqaviy qiymatga ega bo‘lmagani uchun u chirimaydi va hidlanmaydi; unda hech narsa o‘smaydi. Hatto o‘sha mayda-mayda mikroorganizmlar ham o‘sish uchun uy topa olmaydi. 

Trans yog‘lar yurak uchun hayvon yog‘laridan ham yomonroqdir. Ular sizning “yomon” LDL xolesteriningizni oshiradi va “yaxshi” HDL xolesterolingizni kamaytiradi. Trans yog‘lar qon tomirlarining yallig‘lanishi va qattiqlashishiga olib keladi, bu esa yuqori qon bosimini keltirib chiqarishi mumkin. Ular qon ivish ehtimolini oshiradi, ortiqcha vaznga va sizning organlaringiz atrofida ko‘proq yog‘ to‘planishiga olib keladi.

Trans yog‘lar 2-toifa diabetda muhim rol o‘ynaydi. Agar siz dietangizdagi barcha trans yog‘larini ko‘p to‘yinmagan yog‘lar bilan almashtirsangiz, 2-toifa diabet xavfi 40 foizga kamayadi.
Yuragingizni sog‘lom va vazningizni maqbul chegaralarda saqlashni istasangiz, kuniga 60-80 gdan ortiq yog‘ni iste’mol qilmang. Bunga oziq-ovqat tarkibidagi yashirin yog‘lar kiradi. Ularning uchdan bir qismi to‘yingan yog‘lar, uchdan bir qismi mono to‘yinmagan yog‘lar va uchinchi omega-3 yog‘ kislotalari bo‘lishi kerak.

Bu faktlarning o‘zi bizni margarindan umrbod qochishimiz uchun yetarli bo‘lishi kerak.


salomatlik


														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

														
														Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

														
														Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025

														
														Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yur…
16:30 / 15.01.2025

														
														“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobot berdi. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasa…
12:56 / 30.11.2024

														
														Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024

														
														JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik…
10:42 / 20.11.2024

														
														Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Charlz Stert universiteti olimlari saraton bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi va uning natijalari JAMA Network Open jurnalida cho…
11:57 / 08.11.2024

														
														Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Euronews nashrining yozishicha, Kanadadagi Makgill universiteti, AQShdagi Berkli Kaliforniya universiteti va Janubiy Kalifor…
11:30 / 06.11.2024

														
														Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Pokiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha antirekordni yangiladi.
10:13 / 04.11.2024

Bu ham qiziq

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025
Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025
Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025
1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025
O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.
12:11 / 17.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
10:51 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!