Davlat xavfsizlik xizmati Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan jo‘natma ichidan narkotik modda aniqlanganini ma’lum qildi. Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan va avval giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxs Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Jo‘natma tekshirilganda turli shirinliklar orasiga shokolad niqobi ostida yashirilgan 538 gramm gashish moddasi topilgan. Yana bir holat Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida qayd etilgan. Poytaxtlik 45 yoshli fuqaro kontrabanda yo‘li bilan olib kirilib, xufiya joyga qoldirilgan 700 gramm gashish moddasini qabul qilib olayotganida ushlangan. Hozirda har ikki fuqaro yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov doirasida ularning sheriklarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!