O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida Ilhom Aliyev O‘zbekiston yetakchisiga Maslahat uchrashuvida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbari, o‘z navbatida, qardosh Ozarbayjon Prezidenti va xalqini joriy yil 8-oktyabr kuni nishonlangan G‘alabaning besh yilligi bilan samimiy tabrikladi.
O‘zbekiston Prezidentining shu yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Barcha darajalarda samarali almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshgan. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar faol pallaga kirgan.
Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!