$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev YeOIIning navbatdagi sammitida a’zo davlatlar rahbarlariga qator takliflarini bildirdi

17:02 / 27.05.2022

Bugun, 27 may kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat rahbarlari, YeOIIda kuzatuvchi davlatlar – Kuba va O‘zbekiston prezidentlari hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Mixail Myasnikovich ishtirokida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videokonferensiya shaklida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda kuzatuvchi davlat vakili sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham so‘z berildi.

Mirziyoyev mazkur tashkilot bilan O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida hamkorlik aloqalarini davom ettirayotganini, mamlakt YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari qator takliflarni ham ilgari surdi. Jumladan, YeOII doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish, tashkilotga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarda ishchi kuchini jalb qilish sohasidagi tartiblarni soddalashtirish hamda aʼzo va kuzatuvchi davlatlarda yo‘lovchi tashishni to‘liq tiklash masalasini ishlab chiqishni taklif qildi.

Mirziyoyev, shuningdek, YeOIIga kuzda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha forum o‘tkazishni taklif qildi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida istiqboldagi iqtisodiy rejalar haqida ham to‘xtalib, logistika masalasiga ham to‘xtaldi.  

– O‘zbekiston yaqin kelajakda Qirg‘iziston va Xitoy bilan temir yo‘l qurish loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Janubiy Osiyo bozoriga eng qisqa muddatda chiqish uchun Transafg‘on temir yo‘li qurilishida YeOII bilan hamkorlik qilishga tayyor, – dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari oziq-ovqat va xom ashyo eksportiga qo‘yilgan taqiqlarning O‘zbekistonga taʼsiri bo‘lmasligiga ishonishini taʼkidladi.


Bu ham qiziq

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!