Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari şaharda Alişer Navoiy xotirasiga bağişlab barpo etilayotgan yodgorlik qurilişini közdan keçirdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Delegatsiya tarkibidan Özbekiston Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev, tegişli idoralar mas’ullari va tadbirkorlar ham örin olgan. Özbekiston vakillarini Hayraton çegara postida Balx viloyati hokimi örinbosari Nurul Hoda Abu Idris boşçiligidagi rasmiylar kutib olgan.
Taşrif davomida delegatsiya a’zolari Mozori Şarif şahri markazidagi “Ğoziylar qal’asi” köçasida qurilayotgan Alişer Navoiy yodgorligi bilan tanişgan. Qayd etilişiça, loyiha özbekistonlik muhandislar tomonidan işlab çiqilgan va quriliş işlari yakuniy bosqiçga yetgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mozori Şarifdagi Alişer Navoiy haykali mahalliy hokimiyat tomonidan olib taşlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Afğoniston tomoni eski haykal örnida alloma xotirasiga munosib yangi yodgorlik barpo etilişini bildirgan.
Şuningdek, 2023-yil fevral oyida ham şahardagi Alişer Navoiy haykali qisman buzib taşlangan edi. Öşanda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov uşbu holatni vandalizm deb atagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!