Hindistonning Mumbay shahri Osiyoning yangi “boy poytaxti”ga aylandi.
“Nikkei Asia” axborot agentligi Shanxayda joylashgan Hurun tadqiqot instituti ma’lumotlariga asoslanib e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 92 milliarderga ega Mumbay Pekinni ortda qoldirib, Osiyo qit’asidagi eng ko‘p milliarderga ega shaharga aylandi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda 119 milliarder, Londonda esa 97, Mumbay 92 milliarder bilan dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.
Hindistonda atigi 271 milliarder bor. Mumbay iqtisodiyoti 2023-yilda 7,5 foizga o‘sgan.
Mamlakatlar bo‘yicha baholanadigan bo‘lsak, Xitoy 814 milliarder bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinda turadi. Ularning soni 2022-yilga nisbatan 155 kishiga kamaygani qayd etilgan.
Qo‘shma Shtatlar milliarderlar reytingida 800 milliarder bilan ikkinchi o‘rinda turadi.
- Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalari AQSh iqtisodiyotida yetakchiga aylandi
AQShning chip ishlab chiqaruvchi “Nvidia” bosh direktori Jensen Xuang 48 milliard dollar boyligi bilan ro‘yxatning birinchi 30 taligiga kirdi.
Google, Meta va Microsoft egalarining boyligida esa sezilarli o‘sish kuzatilgan.
Texnologik sohadagi boylikning o‘sishidan tashqari, amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning boyligi 1,2 milliard dollargacha oshgani e’tiborga molik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!