$
11963.16 UZS
49.81
₽
142.33 UZS
-0.06
€
13390.36 UZS
61.7
31° Kechasi 18°

Muvaffaqiyatga yetaklovchi universal qonunlar haqida bilasizmi?

14:48 / 31.10.2022

Biz ishda, munosabatlarda, yumushlarda va hayotning boshqa jabhalarida niyatimizga yetkazuvchi muvaffaqiyat formulasini izlaymiz. Biroq hamma vaqt ham istagimiz eshiklarini ochib beradigan kalitni topolmaymiz. Hayotda muvaffaqiyat formulasini topish mumkinmi?

Qanday qilsak niyatimizga tez erishamiz?
Muvaffaqiyatni odamning ayni vaqtdagi holati bilan oʻlchab boʻlmaydi. Muvaffaqiyat – bosib oʻtilgan yoʻl va unda uchragan toʻsiqlarni qay yoʻsinda yengib oʻta olingani bilan aniqlanadi. Muvaffaqiyat – inja orzularning amalga oshirilishi, asosiy maqsadning hayotga tadbiq qilinishi bilan belgilanadi. Istaklarni amalga oshirishning esa juda koʻp usullari mavjud. Shunchaki oʻtirib, omad kelishini kutish ham mumkin. Biroq eng tez va samarali usuli donolarcha fikrlab, sovuqqonlik bilan harakat qilishdir. Omad kelishiga umid qiling. Oʻzgarishlar hamma vaqt xavotirga soladi. Biroq sizning hayotingizni oʻzingizdan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi. Istalgan narsaga qanday erishish mumkin? Orzularni qanday amalga oshirish mumkin?

Muvaffaqiyat formulasi. Omad sari 10 qadam
“Boshqalar uxlayotganda oʻrganing, boshqalar dam olayotganda ishlang, boshqalar boʻshashganda tayyor turing va boshqalar taslim boʻlganida orzularga beriling”.

Ingliz shaxmatchisi Uilyam Artur Uord.

Muvaffaqiyat bir yoki ikki omilni bajarishga bogʻliq emas. Muvaffaqiyat barcha 10 ta oʻzgarishni amalga oshirishga bogʻliq. Agar siz ularning ayrimlariga amal qilib, qolganlariga eʼtibor bermayotgan boʻlsangiz, hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Muvaffaqiyat oʻzgarishlarning oʻziga emas, ularni koʻpaytirishga teng. Matematikani eslang. Har qanaqa katta sonni nolga koʻpaytirsangiz ham baribir natija nolga teng boʻladi. Agar formuladagi biror punkt nolga teng boʻlsa, bilingki muvaffaqiyat ham nolga teng boʻladi.

1. Ustuvor vazifalarni ilgari suring
Hayotiy ustuvor vazifalarni toʻgʻri tartiblash juda ham muhim. Bizning kuchimiz, manbalarimiz va vaqtimiz cheklangan. Agar uni zarur narsalarga sarflab, toʻgʻri taqsimlay olsak, niyatimizga yeta olamiz. Agar oʻz hayotiy imkoniyatlarimizni befoyda va mayda narsalarga ishlatsak, koʻp narsani yoʻqotamiz. Agar sizni ayni hayotiy haqiqat qanoatlantirmayotgan boʻlsa, demak siz oʻz imkoniyatlaringizni notoʻgʻri rejalagansiz. Koʻzlangan niyatga yetishmoq uchun nima qilish kerak? Maqsadga yetish uchun har bir kunni nimadan boshlash lozim? Qanday ish bilan mashgʻul boʻlish va qaysisidan qochish kerak boʻladi? Dastlab nimani istashingizni tushunib oling, ana undan keyin uni birinchi oʻringa qoʻying.

Формула успеха. Универсальные законы успеха

2. Reja va strategiya ishlab chiqing
Biz rejasiz juda ham noaniq va besamar harakat qilamiz. Bir ishga kirishamiz, uni tashlab ikkinchisiga oʻtamiz, uchinchisi haqida fikrlaymiz. Xuddi Ivan Andreyevich Krelovning “Oqqush, choʻrtan baliq va qisqichbaqa” haqidagi masaliga oʻxshaydi, shundaymasmi? Oʻz-oʻzingizga savol bering: orzularim va maqsadlarim qanday oʻzi? Oʻz hayotimni 5,10 yoki 15 yildan keyin qanday tasavvur qilaman? Shu asosda nimalar qilish kerakligini atroflicha oʻylab, hayotingizga taalluqli qisqa muddatli va uzoqni koʻzlagan rejalar tuzing. Rejada 5-10 yillik maqsadlaringizni akslantiring. Undan keyin bu yilga, ayni shu oyga va keyingi haftaga reja qilib oling. Aynan yozma tarzda boʻlsin. Hammasi aniq va ravshan koʻrinayotgani oʻzingizni ham ajablantiradi. Maqsadlar bir-birini toʻldiradi. Siz uchun har kun nima qilish kerakligi ancha tushunarli boʻlib qoladi. Bu kundalik uncha katta boʻlmagan harakatlar juda ham zarur ulkan natijani yetaklab keladi. Hamma vaqt reja tuzing. Hatto bir kunga ham. Shu tariqa oʻz ish unumingizni oshirasiz va rejalangan hamma vazifani amalga oshirishga ulgurasiz. Bu muvaffaqiyat formulasining muhim qoidasi.

3. Hayotingizni imkoniyatlar bilan toʻldiring
Yaxshi imkoniyatlarni kutib oʻtirmasdan, hayotingizni oʻzingiz imkoniyatlar bilan toʻldiring. Moʻjiza kutmang, aksincha, oʻzingiz moʻjiza yarating. Lotereyadan katta yutuq kutmang, xazina qidiring. Harakat va omad oʻrtasida mustahkam aloqa mavjud. Imkoniyatlar biz ularni qabul qilishga tayyor boʻlgan vaqtimizda keladi. Uyda oʻtirmasdan odamlar bilan koʻp muloqot qilayotganimizda, yangi joylarga borib, qiziqroq narsalarni koʻrganimizda, tavakkal qilishdan qoʻrqmaganimizda paydo boʻladi bu imkoniyat. Oʻzingiz sayohatga chiqmaguningizcha moʻjizalarni koʻrolmaysiz. Imkoniyatlar yoʻlning navbatdagi burilishidan boshlanadi.

Формула успеха. Универсальные законы успеха

4. Intizomli boʻling
Biz ijtimoiy tarmoqlarni, seriallarni, kompyuter oʻyinlarini, spirtli ichimliklarni, yalpayib yotishni, vaqtni maqsadsiz oʻtkazishni yoqtiramiz. Bularning hammasi vaqtimiz hamda kuchimizni oladi. Aynan oʻsha bekor ketgan vaqt va kuchimizni ancha foydali ishga sarflashimiz mumkin edi-ku. Ishlaringizga vaqtingiz yoʻqmi? Biroq internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa bemaʼniliklarga vaqt topasiz. Dam olish va oʻyin-kulgini eng kam miqdorgacha kamaytiring va muhim ishlar bilan shugʻullaning. Intizom va tartib harbiylarning soʻziga oʻxshadi. Ammo intizom va tashkil qilmasdan turib ajoyib yutuqlarga erishish mumkin emas. Ichki zaiflikka berilishni bas qiling. Har safar vaqtingizni bekor sarf qilayotganingizda bilingki – siz oʻz orzularingizga xiyonat qilayapsiz!

5. Qatʼiyatli boʻling. Xatolar boʻladi.
“Ayrim odamlar muvaffaqiyatga bir qadam qolganida taslim boʻlishganini hatto tasavvur ham qilishmaydi”.
Amerikalik kashfiyotchi va tadbirkor Tomas Edison.
Xatolarsiz gʻalabalar boʻlmaydi. Muvaffaqiyat formulasi xatolardan qoʻrqmaslikka chaqiradi. Standart xatolardan qochishga harakat qilish lozim, biroq baribir uchraydi. Xatolarsiz olgʻa harakat qilish aslo mumkin emas. Barcha olimlar, biznesmenlar va boshqa kuchli shaxslar ham oʻz vaqtida xatolarga yoʻl qoʻyishgan. Muvaffaqiyatga yoʻl qatʼiyat va xatolardan oʻrganish mahorati orqali oʻtadi. Omadsizlik – bu yakun emas. Kurashni davom ettirish uchun kuch toping. Siz taslim boʻlmaguningizcha oʻyin tugamaydi. Taslim boʻldingizmi, bilingki shaxmat taxtasidagi asosiy maqsadga yetishiga 2 qadam qolgan piyodadek boʻlib qolasiz.

6. Eʼtiborni jamlashni oʻrganing
Shugʻullanayotgan vazifangizga eʼtiboringizni 100 foiz qarating. Xayolingizni chalgʻitadigan narsalarga diqqatingizni boʻlmang. Ishlayapsizmi, ishlang. Birov bilan muloqot qilyapsizmi, muloqot qiling. Sport bilan shugʻullanyapsizmi, shugʻullaning. Agar oʻqiyotgan boʻlsangiz, oʻqing. Dam olayotganda, dam oling. Boshqa narsalarga chalgʻimang. Oʻsha ish bilan band boʻling. Eʼtiborni jamlash – bu samaradorlikka erishtiruvchi va maqsadga eltuvchi ajoyib qurol.

Формула успеха. Универсальные законы успеха

7. Bilim va tajriba orttiring
Dunyo juda tez oʻzgarmoqda. Agar oʻqib-oʻrganib, bilim doirangizni kengaytirib bormasangiz, birpasda orqada qolib ketish hech gap emas. Bill Geyts, Ilon Mask, Mark Sukerberg, Uorren Baffet, Pavel Durov. Ular oddiy kishilarga qaraganda 20-30 marta koʻproq kitob oʻqishadi. Shu boisdan oʻrtacha odamdan ming marta samaraliroq natijani qoʻlga kiritishadi. Doimiy ravishda yangi va qiziq maʼlumotlar bilan tanishib boring. Kitob oʻqing, qiziq videolar koʻring, foydali axborotlarni izlang, har tomonlama rivojlanishga va oʻz sohangizning ustasi boʻlishga, yangi bilimlarni egallab tajriba oshirishga intiling. Miyangizni doimiy ishlashga va bilimlaringizni faollashtirishga majbur qiling.

8. Zarur narsani amalga oshiring
Natijaga erishish uchun bir nuqtaga uring. Charchamang va chalgʻimang. Toʻgʻri ishlarni amalga oshirish bilan niyatingizga yaqinlashib borasiz. Doimiy harakat yangi imkoniyatlarni ochadi va orzuning amaliy roʻyobini koʻrsatadi. Muvaffaqiyat formulasi juda oddiy: ishla, ishla, ishla. Har kun tinmasdan oldinga qarab intiling. 9. Strategiya va rejalaringizni qayta koʻrib chiqing
Agar voqealardan oʻz vaqtida xabardor boʻlib tursangiz, uzoq muddatga va qisqa muddatga moʻljallangan rejalaringiz bir muncha aniq koʻrinadi. Oʻz gʻalabalaringiz va muvaffaqiyatlaringizni tahlil qiling. Harakatingizning nisbatan samarali yoʻllarini izlang. Moslashuvchan va koʻnikuvchan boʻling. Agar nimadir koʻngildagidek chiqmasa, boshqacha yondashuvni toping. Yangilikni qoʻllab koʻring, imkoniyatni qoʻldan chiqarmang, istiqbolni koʻra biling, odamlar bilan muloqot qiling, oʻz imkoniyatlaringizdan unumli foydalaning. Oʻz yoʻnalishingizda doimiy ravishda oʻqib-oʻrganing. Xalaqit beruvchi va eʼtiboringizni tortuvchi hamma narsadan voz keching. Voqelikni tahlil qiling va yondashuvni shakllantiring. Koʻpgina yirik kompaniyalar moslashuvchanlikni yoʻqotib, ogʻir boʻlib qolishganida “sinib” ketishgan. Oʻz maqsadingiz sari olgʻa boring va adashib ketmaslik uchun doimiy ravishda kompasingizga qarab yoʻlingizni aniqlab turing.

Формула успеха. Универсальные законы успеха

10. “Omadga kalit – istakda. U esa hamma vaqt ichimda yonib turadi”. Amerikalik aktyor va rejissyor Al Pachino.
Baxt muhim narsalar oʻrtasidagi muvozanatni topishdadir. Ishga, yumushga, rivojlanishga, oilaga, sportga, uyquga, doʻstlarga, koʻngilli hordiq chiqarishga vaqt ajrating. Oʻzingiz uchun muhim vazifalarni aniqlab olgach, ularni amalga oshirish vaqtini ham belgilab qoʻying. Shu tariqa toliqishdan xalos boʻlasiz. Muvaffaqiyat qozonish istagi kuchayadi. Hayotdan yana-da koʻproq zavq olib, oʻzingizni baxtli va kuchli his qila boshlaysiz. Muvaffaqiyat formulasi quyidagi oʻzgarishlarni amalga oshirib, koʻpaytirishga teng. Agar ulardan biri nolga teng boʻlsa, muvaffaqiyat ham nolga teng boʻladi. Bu sifatlarning 1-2 tasinigina rivojlantirib, muvaffaqiyatga umid qilib boʻlmaydi.

• Ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
• aniq reja asosida harakat;
• imkoniyat va qulay vaziyatni doimiy izlash;
• qatʼiy intizom, tartib va jadval;
• qatʼiyatlilik va magʻlubiyatdan keyin taslim boʻlmaslik;
• vazifalarga jiddiy eʼtibor;
• mustaqil oʻqib-oʻrganish. Bilim va tajriba orttirish;
• har kuni muntazam ravishda oldinga harakat;
• strategiyaga aniqlik kiritish va vaziyat tahlili;
• hayotiy muvozanatni izlash.

Taklif etilgan formulaning barcha jihatlarini eʼtiborga olsangiz, muvaffaqiyatga erishishingiz aniq. Har qanaqa gʻalabaga mashaqqatli mehnat va oʻzingni fido qilish evaziga erishiladi. Yakuniy muvaffaqiyat esa oʻz orzuingizni butun hayotingiz davomida barcha sinovlardan eson-omon oʻtishingizga bogʻliq.


Qiziqarli


														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

Bu ham qiziq

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasin…
11:31 / 14.10.2026
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz fa…
09:13 / 14.10.2026
Zelenskiy iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

Zelenskiy iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’foga chiqishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u mamlakatdagi xa…
09:44 / 15.10.2026
Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

13-oktyabr kuni AQSHda afsonaviy reper Tupak Shakurning 1996-yildagi qotilligida ayblangan Dueyn “Keffi Di” Devis umrbod qam…
09:45 / 14.10.2026
Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki kema cho‘kdi, bir dengizchi halok bo‘ldi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki kema cho‘kdi, bir dengizchi halok bo‘ldi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida snaryadlar bilan hujumga uchragan ikkita kema cho‘kib ketdi. Hodisalardan birida ekipaj a’zolaridan…
10:12 / 15.10.2026
Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026
Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7…
15:56 / 14.10.2026
Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Turkiyalik 21 yoshli model Dilxan Divrikli Tailandda o‘tkazilgan Mister Global 2026 xalqaro erkaklar go‘zallik tanlovida g‘o…
16:19 / 15.10.2026
Toshkentda avtobus salonining iflosligi uchun mexaniklar jarimaga tortildi

Toshkentda avtobus salonining iflosligi uchun mexaniklar jarimaga tortildi

Toshkent shahrida 66-sonli avtobus salonining sanitariya holati talabga javob bermagani sababli uch nafar navbatchi mexanikn…
09:41 / 15.10.2026
O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu …
10:08 / 14.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!