Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda budjet mablag‘larining talon-toroj qilingani aniqlangan.
Tekshiruvda “Navoiysuvqurilishinvest” DM, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya hamda “N.S.” va “B.Z.” MChJlarining mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.
Ular shartnomalarga asosan “DIVER” qurilmalari uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qo‘shib yozish orqali 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!