Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafariga ma’muriy qamoq, 340 986 nafariga jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hisobot davrida jinoyat işlari böyiça tuman va şahar sudlarining tergov sudyalari tomonidan 662 237 nafar şaxsga nisbatan 549 231 ta ma’muriy huquqbuzarlik işi körib çiqilgan. Natijada jami 420 245 nafar şaxsga ma’muriy jazo qöllanilgan.
Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid işlarning salmoqli qismi Toşkent şahri, Samarqand, Toşkent, Farğona va Qaşqadaryo viloyatlarida körilgan. Şuningdek, 71 450 nafar şaxs yaraşilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Körib çiqilgan işlarning aksariyati mayda bezorilik, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, litsenziyasiz yölovçi taşiş, haqorat qiliş, sovuq qurol olib yuriş, jamoat joylarida spirtli içimlik iste’mol qiliş hamda transport vositasini mast holda boşqariş kabi huquqbuzarliklar bilan boğliq bölgan.
Qayd etilişiça, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş maqsadida 11 006 ta taqdimnoma tegişli taşkilotlarga yuborilgan.
Sud qarorlari ustidan berilgan şikoyatlar ham yuqori instansiyalarda körib çiqilgan. Apellyatsiya tartibida 6 804 ta, kassatsiya tartibida 10 152 ta, taftiş tartibida esa 918 ta ma’muriy huquqbuzarlik işi körib çiqilgan. Uşbu jarayonlarda quyi sudlarning bir qator qarorlari bekor qilingan yoki özgartirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!