Tananing gulchangga bo‘lgan reaksiyasi ilmiy jihatdan pichan isitmasi deb ataladi.
100 ga yaqin o‘simlik allergiyaga olib kelishi mumkinligiga ishoniladi. Ular orasida: qayin, eman, chinor kabi daraxtlar mavjud.
Oilada allergiyasi bo‘lgan insonlar pichan isitmasiga ko‘proq moyil bo'lishadi, ammo bu tug‘ilishdan emas, balki 7-8 yoshdan boshlab o‘zini namoyon qiladi. Ushbu kasallikni davolash juda qiyin.
Shifokorlar ertalab soat 11 dan oldin uydan kamroq chiqish, quyoshli va shamolli ob-havoda derazalarga nam choyshablar, doka to‘rlarini osib qo‘yish va ularni tez-tez o‘zgartishni maslahat berishadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!