Internetda hali rasman taqdim etilmagan Nokia 300 4G Power Bank tugmachali telefonining texnik xususiyatlari tarqaldi. Qurilma oddiy mobil telefon va tashqi akkumulyator (powerbank) funksiyalarini birlashtiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, telefon 2,4 dyuymli QVGA displey, 0,3 megapikselli kamera va 3700 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.
Ishlab chiqaruvchi uning kutish rejimida 44 kungacha ishlashini da’vo qilmoqda. Shuningdek, qurilma 5 Vt gacha teskari quvvatlashni qo‘llab-quvvatlab, boshqa telefonlarni zaryadlash imkonini beradi. Telefonning o‘zi esa USB-C porti orqali 18 Vt gacha quvvatda zaryadlanadi. Yangi model 4G tarmog‘i, 32 GB gacha microSD karta, Bluetooth, 3,5 mm quloqchin ulagichi, FM-radio va o‘rnatilgan media pleerni qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda. Bundan tashqari, telefon kuchli LED chiroq bilan jihozlanishi kutilmoqda. Uning qachon sotuvga chiqishi va narxi hozircha ma’lum emas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!