Kaliforniyalik olimlar quyosh sistemasining muzli sayyoralari — Uran va Neptunda olmos yomg‘irlari yog‘ishini aniqladi.
Oldin olmoslar yuqori bosim sharoitida uglerod birikmalaridan paydo bo‘lishi maʼlum edi. Keyin ular asta-sekin atmosferaning yuqori qatlamlaridan chuqurlikka tushadilar.
Yangi tadqiqot mualliflari uglerod manbayi sifatida uglevodorod birikmasi polistiroldan tayyorlangan plyonkadan foydalangan. Keyin olmos hujayralari va lazerlardan foydalanib, uni juda yuqori bosimga va 2200 daraja Selsiygacha bo‘lgan issiqlikda sinashdi.
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, olmos hosil bo‘lishi kutilganidan pastroq harorat va bosimlarda boshlanadi. Gaz sayyoralari uchun bu olmos yomg‘irining sayozroq chuqurlikda sodir bo‘lishini va magnit maydonlarning shakllanishiga kuchli taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini anglatadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!