$
11941.65 UZS
-81.81
₽
147.65 UZS
-1.79
€
13383.01 UZS
-78.46
31° Kechasi 18°

Omadsizlikka nisbatan qanday munosabatda boʻlish kerak?

18:54 / 24.09.2022

Omadsizlik keyingi muvaffaqiyat uchun g‘alabaga qaraganda ham ko‘proq hissa qo‘shadi. To‘g‘ri xulosa chiqarishni bilish, omadsizlikdan zarur saboqlar olish insonni yana-da kuchliroq qiladi. Sizning muvaffaqiyatsizlikning o‘ziga qaraganda ham uning sabablariga munosabatingiz muhimroq. Gʻolib bo‘lishni o‘rganish uchun omadsizlikka qanday munosabatda bo‘lish kerak?   

Qay darajada iste’dodli, aqlli va omadli ekanligingizning umuman ahamiyati yo‘q. Hamma vaqt rejangizda ko‘zlanmagan nimadir sodir bo‘lishi mumkin. Aytaylik, asabga teguvchi mayda muvaffaqiyatsizliklar, dunyoni ko‘zga tor ko‘rsatib qo‘yuvchi mag‘lubiyatlar, jiddiy tortishuvlar. Hammasining ehtimoli bor, to‘g‘ri emasmi? Biroq bulardan olingan tajriba va saboqlar doimiy g‘alabalarga qaraganda ham qimmatliroq, foydaliroq bo‘ladi. Ishonavering. Hamma ishlarimiz risoladagidek ketib tursa, omadimiz chopib, ketma-ket muvaffaqiyatlarga erishaversak, ancha bo‘shashib qolamiz. Hushyorlikni bo‘shashtiramiz, intilmay qo‘yamiz va harakatlarimiz ham sustlashadi. Omad to‘lqinlari uzra suzar ekanmiz, hamma vaqt go‘yo shunday bo‘ladigandek tuyuladi.  
 
Biroq omad o‘zgaruvchan bo‘ladi. Uzoq vaqt omma e’tiborida bo‘lgan va keyin tubsiz jarga qulagan afsonaviy sportchilarni, mashhur yulduzlarni va ulkan  kompaniyalarni eslang. Ular kechagina omad cho‘qqisida edi, bugun izlab ko‘ring-chi, ular qayerda ekan? Omadsizlik omadga qaraganda ham foydali bo‘lishi mumkin. Omad bo‘shashtiradi va hushyorlikni pasaytiradi. Bu paytda hayot va raqobat mizg‘ib turmaydi-ku, jadal harakatda bo‘ladi-ku. Omadsizlik tajribamizni oshiradi, imkoniyat va motivatsiya beradi.  
 
Hayotdagi muvaffaqiyatsizlikka qanday munosabatda bo‘lish kerak? 
 
“Gʻalabani nishonlash – bu ajoyib, biroq mag‘lubiyatdan saboq olish beqiyosdir” – Bill Geyts

  1. Muvaffaqiyatsizlikni o‘zingizdan va o‘z shaxsingizdan ajratib oling

Sevganingiz yuz o‘girdimi, universitetga kira olmadingizmi, ishingizni yo‘qotdingizmi, suhbatdan o‘tolmadingizmi? Har birimiz bunday muammoga yo‘liqishimiz mumkin. Odam bunday vaziyatlarda omadsizman, yalqovman, bo‘shashganman, deb o‘z-o‘zini qiynay boshlaydi. Hech narsani eplolmayman, endi atrofimdagilar nima deyishadi, deb o‘ylab, aziyat chekadi. O‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi.   

Muvaffaqiyatsizlikni hamma boshidan o‘tkazadi. Bu esa sizning shaxsiyatingiz yoki qobiliyatingizga taalluqli hech narsani bildirmaydi. Omadsizlikka qanday munosabat bildirish mumkin? Muvaffaqiyatsizlikni o‘zingizdan va shaxsiyatingizdan ajratib oling. Yutqazdingizmi? Bu siz befoyda odam ekanligingizni bildirmaydi, aksincha, juda ham zarur inson ekanligingizni anglatadi. Hech narsa qilmaydigan odamgina xato qilmaydi, muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi. Siz esa tavakkal qildingiz, sinab ko‘rdingiz. 

  1. Omadsizlik va yutqazishdan saboq oling   

“Aniq xato – bizga hech narsa o‘rgatmagan xato”, kashfiyotchi va Ford Motor Company asoschisi Genri Ford. 

Omadsizlik qayg‘urishga arzimaydi. Muhimi undan saboq olish. Nima uchun bu holat yuzaga kelgani borasida jiddiy o‘ylab ko‘ring. Biroq bu o‘rinda gap omadsizlikda emas, balki o‘zimizning yetarli darajada tayyor bo‘lmaganligimizdadir. Agar hamma narsani omadsizlikka yo‘yaversak qayta va qayta muvaffaqiyatsizlikka yuz tutaveramiz.

Nima uchun imtihondan yiqilamiz? Gap mutlaqo omadda emas. Muvaffaqiyatli topshirish uchun yaxshiroq o‘qish zarur edi. Nima uchun kim bilandir murosamiz kelishmaydi? Demak, kerakli odamni to‘g‘ri tanlamaganmiz va o‘zimizni zarur darajada tutolmaganmiz. Xohlagan ishimizga nima uchun qabul qilishmadi? Shunchaki, ko‘proq bilim, tajriba va ko‘nikma kerak edi. Yutqazishlar hamma vaqt qaysidir sabab asosida yuzaga chiqadi. Undan qanday saboq olish va xulosa chiqarish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Nimani o‘rganish, nimani tushunish va nima qilish kerak?  Kelajakdagi muvaffaqiyatning garovi – bu tushunish, anglash va oldingi muvaffaqiyatsizlik sababini to‘g‘rilash. 
   
Omadsizlik hushyor tortishga, bizni qamrab olgan ahmoqgarchiliklarni silkitib tashlab, teran fikrlashga ko‘maklashadi. Xuddi muzdek suv uyqusirab turgan odamni tetiklashtirganidek. Omadsizlik – bu nimanidir yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun motivatsiya. Aql bilan ish ko‘rib, yengni shimarib maqsad sari yurishga yetaklaydi.

  1. Omadsizlikdan keyin yana rejalang 

“Omadsizliklar – bu muvaffaqiyat sari yo‘l ko‘rsatkichlardir”, britaniyalik yozuvchi Klayv Steypls Lyuis. 

Yutqazmagan odamlardan qanday farqingiz bor? Ular bitta omadsizlikka ikkita muvaffaqiyat bilan javob qaytarishadi. Ularda odamni aqlliroq va donoroq qiladigan tajriba yo‘q. Omadsizlik bizni tetiklashtiradi, hushyor torttiradi va o‘z strategiyamizni teranroq fikr bilan qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Omadsizlik bizni yangi variantlar, yangi imkoniyatlar izlashga, ajoyib vaziyatlarni ushlab qolishga majbur qiladi.   Omadsizlik avvalgi xatolarimizni takrorlamaslik imkonini beradi.  

Omadsizlikka qanday munosabat bildirish mumkin? Qo‘lni yuvib, qo‘ltiqqa urmasdan uyg‘onishga, hamma narsaga bir xilda qaramasdan, mulohaza yuritgancha ish boshlashga undaydi u. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganingizdan keyin dastlab nimani va qachon amalga oshirishni istashingiz aks etgan jaydari reja tuzib oling. Undan keyin har birini alohida detallashtiring. Shu asosda kelajakdagi strategiyangizni ishlab chiqing. Nimani, qanday qilib va qachon amalga oshirasiz, har birini jiddiy izohlang. 
  
Gohida rejaning hamma nozik qirralarini tushunish, aniqlik kiritish qiyinroq bo‘ladi. Bundan qo‘rqmang. Maqsad sari yo‘naltiradigan, yordam beradigan va birinchi bo‘lib boshlash ma’qul ko‘ringan 5ta vazifa xususida o‘ylab ko‘ring. Tezda ishga kirishish mumkin bo‘lganini tanlang. Ish jarayonida vaziyatni tushunish oydinlashib boraveradi. Yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Harakatga yarasha siz o‘ylamagan, hisobga olmagan va hatto umid qilinmagan joydan keladi ular. Hech bo‘lmasa foydali va zarur nimanidir qiling. Bu istiqboldagi g‘alabangiz sari dastlabki qadam bo‘ladi.   

  1. Qat’iyatli va sabrli bo‘ling  

“Eng katta tavakkal – tavakkaldan voz kechishdir. O‘zgaruvchan dunyoda tavakkal qilmagan odamga yutqazish kafolatlangan”, Mark Sukerberg. 

Har safar yutqazib qo‘yganimizdan keyin qayta boshlashdan qo‘rqib turamiz. Biroq qo‘rquvning o‘zi omadsizlikning o‘zidan-da ko‘proq zarar yetkazadi.  Ehtiyotkorlik, e’tiborli va hisob-kitobli bo‘lish – bu me’yor hisoblanadi. Biroq kichik tavakkaldan xavotirlanib qo‘rqish – yomon. Yaxshisi sinab ko‘ring va vaqti-vaqti bilan yutqazishga sabr qiling. Bu faqat xayolga berilib, mutlaqo harakatsiz o‘tirgandan ming chandon afzal-ku.

Bolalarning bir o‘yinchog‘i bor. Ustma-ust qo‘yilgan ikki dumaloq sharga o‘xshash odamcha. Yotqizsangiz ham turib olaveradi. Hech qanaqasiga yotqizib bo‘lmaydi. Uni “nevalyashka” deyishadi. Xuddi ana shu nevalyashka kabi bo‘ling. Hatto Qaqnus qush ham yangidan, yana-da chiroyliroq, yana-da kuchliroq bo‘lib tug‘ilish uchun yonib, kul bo‘lar ekan. Hamma vaqt ayrim tavakkallar bo‘ladiki, ularsiz g‘alabaga erishib bo‘lmaydi, ular g‘alabani ta’minlaydi.

Tasavvur qiling, ko‘chadan bir qiz ketib boryapti. Sizga juda ham ma’qul keldi u. Biroq unga yaqin borib, tanishib olmasangiz, ehtimol, bir umrlik orzuingiz bo‘lgan baxtni qo‘ldan chiqargan bo‘larsiz. Yoki, agar suhbatga kirishni tavakkal qilmasangiz, hech qachon yangi, ajoyib ishga ega bo‘lolmaysiz. Yangi-yangi narsalarni o‘rganishni boshlang va muhim ishni amalga oshirishga tavakkal qiling. Agar o‘sha ishni tavakkal qilib boshlamasangiz, siz uchun yutqazish kafolatlanadi.   

Omadsizlikka qanday munosabat bildirish kerak? Tabassum bilan, albatta. Mayli, biroz xomushroq bo‘lsin. Siz harakat qildingiz, ammo “o‘xshamadi”.   Omadsizlik – bu muvaffaqiyat sari ilk qadam, maqsadni amalga oshirish – oxirgi qadam. Gohida omadsizlikka yo‘liqishning asosiy sababi sizning hali muvaffaqiyatga tayyor bo‘lmasligingizdir. Ammo keyingi safar hammasi boshqacha bo‘ladi.   

Qachon niyat va maqsadga yetmay qolish mumkin?  Agar har taraflama o‘ylab, rejalab, bor kuchni to‘plab, tavakkal qilinmasa. Faqat oldinga harakat qilish asnosidagina insonning bor imkoniyatlari namoyon bo‘la boshlaydi. Taslim bo‘lishmi yoki olg‘a harakatmi? Bu sizning hayotingiz va sizning tanlovingiz. Bu faqat o‘zingizga bog‘liq. 


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Döstlik Cup 2026» xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futb…
17:24 / 02.11.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
Bugun, 2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Bugun, 2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Bugun kunduzi respublika hududining asosiy qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18…
09:17 / 02.11.2026
Farğonada departament tergovçisi 100 ming dollar pora bilan uşlandi

Farğonada departament tergovçisi 100 ming dollar pora bilan uşlandi

Farğona viloyatida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Farğona şahar bölimi tergovçisi 100 ming dollar pora ol…
13:02 / 03.11.2026
Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik i…
12:30 / 02.11.2026
Özbekistonda 200 mingga yaqin yoş xorijda işlaş uçun til sertifikatiga ega

Özbekistonda 200 mingga yaqin yoş xorijda işlaş uçun til sertifikatiga ega

Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda yuqori daromadli iş örinlariga ega böliş uçun çet tillarini biladigan yoşlarni kasbga ta…
14:54 / 02.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda har yili kamida 30 ming nafar mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Bunin…
12:21 / 02.11.2026
Xorijdagi iş örinlari haqidagi ma’lumotlar har bir mahallaga yetkaziladi

Xorijdagi iş örinlari haqidagi ma’lumotlar har bir mahallaga yetkaziladi

Özbekistonda xorijda işlaş istagidagi fuqarolar uçun mavjud böş iş örinlari, kasbiy talablar va til biliş şartlari haqidagi …
12:58 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!