$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Ona sutining moʻjizaviy jihatlari

12:57 / 15.05.2024

Ona suti chaqaloqlar uchun eng mukammal ozuqa hisoblanadi. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko‘plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar mavjud.

Shu bois xalqaro hujjatlarda go‘daklarni 6 oygacha istisnosiz ko‘krak suti bilan parvarishlashni muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar jamiyat salomatligini saqlashdagi muhim vazifa ekanligi belgilab qo‘yilgan.

– Ona suti – hayotning birinchi yilidagi bolalar uchun eng ideal ozuqa, – deydi Respublika perinatal markazi direktori Nilufar O‘rinboyeva. – U o‘zida vitaminlar, gormonlar va antitelalar kabi hayot uchun muhim bo‘lgan foydali moddalarni kerakli miqdorda jamlagan. Uning o‘rnini, hatto, eng sifatli va qimmat sunʼiy ozuqa mahsuloti ham bosolmaydi.

Ajablanarlisi, ona suti kunning vaqtiga va bolaning yoshiga qarab o‘zgarib turadigan noyob tarkibga ega. Chaqaloq tug‘ilganda og‘iz suti bo‘lib, u ulg‘aygani sayin oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, immun komponentlar va antigenik tarkib o‘zgarib boradi. Hatto, og‘iz sutini bolaning birinchi emlashi deb ham atash mumkin. Chunki u eng ko‘p miqdordagi antikorlarni o‘z ichiga oladi. Faqat ona sutidagina bolaning to‘liq rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim amino va yog‘li kislotalar mavjud. Bu neʼmat go‘dakda allergik reaksiya hosil qilmaydi. Undagi zardob oqsillari esa kichkintoyning hujayralariga o‘xshagani uchun osongina so‘riladi va qonga o‘zgarmagan holda kiradi.

Qolaversa, bu ozuqa kuchli infeksiyaga qarshi xususiyatga ega. Aytish lozimki, go‘dak hayotining birinchi yilida uning immuniteti yetuk bo‘lmaydi (u faqat 3 yoshda shakllanadi). Shu bois, har bir ona emizish orqali o‘z farzandiga kerakli himoyani bera oladi. Yaʼni, ona suti yozda ichak infeksiyalari, qishda virusli va bakterial kasalliklardan asraydi. Bundan tashqari, bu bebaho neʼmat bilan oziqlanib, ulg‘aygan bolalar har tomonlama yaxshi rivojlanadi. Raxit, kamqonlik kasalligi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi xastaliklar deyarli kuzatilmaydi. Zotiljam bilan esa kamdan kam hollarda og‘riydilar.

Afsuski, ayrim onalar qarshi ko‘rsatma bo‘lmasada farzandini ko‘krak suti bilan emas, balki sunʼiy oziqlantirish orqali katta qilishni afzal ko‘radi. Bu bilan ular go‘dakni kasalliklarga duchor qilish xavfini oshiradi. Hatto, ayrim olimlar sunʼiy oziqlantirishni bola uchun “metabolik stress” deb ham ataydi. Bunday bolalar ko‘pincha nafas olish va ichak infeksiyalariga moyil bo‘lgani uchun maxsus tibbiy nazoratda bo‘lishi kerak.

 

 


salomatlik


														
														Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

														
														Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

														
														Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026

														
														Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026

														
														Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

														
														Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026

														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

Bu ham qiziq

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!